So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

"Nasaf": Yoshlarimiz so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

"Nasaf": Yoshlarimiz so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi

Teglar :  NasafOlmaliq
Yoshlarimiz bugun 17-tur doirasidagi uchrashuvni o'z maydonida o'tkazib, “Olmaliq” jamoasi yoshlari bilan bahs olib borishdi.

Uchrashuv birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa, vaqt o'tgan sayin jamoamiz tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ammo yuzaga keltirilgan vaziyatlardan futbolchilarimiz foydalana olishmadi.
 
Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlarda hisobni ochish uchun juda qo'lay vaziyatga ega bo'lishdi. “Olmaliq” jamoasining hujumchisi to'p uchun kurashda darvozabonimiz bilan tuqnashib ketdi va uchrashuv hakami 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi. Qadamboy Nurmetov penaltini golga aylantira olmadi – 0:0.
 
Uchrashuv birinchi bo'limining qolgan vaqtlarida ham jamoalarda gol urish uchun imkon bo'lishiga qaramasdan, darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.
 
Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.
 
Ikkinchi bo'lim dastlabki bo'limga nisbatan shiddatliroq bo'ldi. Yoshlarimizning tashkil etgan ketma-ket hujumlarida gol urish  juda qo'lay vaziyatlar vujudga keltirildi. Ana shunday vaziyatlarda Islom Kenjaboev, Dilshod Xushbakovlarda gol urish uchun aniqlik etishmadi.
 
Uchrashuvdagi hisob 76-daqiqaga kelib ochildi. Jamoamiz futbolchilarining ko'pchilik bo'lib tashkil etgan hujumida Sardor Sadullaev kutilmaganda himoyachilar orasidan darvozaga zarba yo'llab, raqib darvozabonini dog'da qoldirdi – 1:0.
 
Ushbu goldan so'ng ham futbolchilarimiz faollikni susaytirishmasdan hujumlarga yana zo'r berishdi. Mehmonlar asosan himoyada o'ynashib, qarshi hujumlarda harakat qilishdi. Uchrashuv asosiy vaqti nihoyachiga etib, qo'shimcha daqiqalar boshlangan bir paytda, darvozamiz tomon hakam tomonidan ikkinchi penalti beligilandi. Bu safar ham darvozabonimiz hujumchi bilan tuqnashib ketgan edi. Bu paytda hakam Muzaffar SHaripovga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi ham. 11 metrlik jarimani Timur Ergashev golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1.
 
Yoshlar o'rtasidagi bahs ana shu hisobda o'z yakuniga etdi. G'alabaga juda yaqin turgan jamoamizdan omad yuz o'girdi.
 
Yoshlarimiz navbatdagi tur uchrashuvini 11 avgust kuni  Toshkentda “Obod” jamoasi yoshlariga qarshi o'tkazishadi.
 
Yoshlar ligasi, 17-tur. 07.08.2016.
“Nasaf” – “Olmaliq” 1:1 (0:0)

Sputnik qo'rg'oni, Yoshlar qarorgohi maydoni.
 
Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), Artyom Kalinin (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi), Ravshan Abduvaxidov (Qarshi).
Nazoratchi: A.S.Abdullaev (Toshkent).
 
Gol: Sardor Sadullaev, 76’-1:0 – Timur Ergashev (pen.), 90+5’-1:1.
 
Amalga oshirilmagan penalti: Qadamboy Nurmetov - 20.
 
“Nasaf”: 13.Muzaffar SHaripov, 4.Akmaljon Olimov (9.Sirojiddin Ettiboev 86, 12.Amirbek Lutfullaev 90+4), 6.Sirojiddin Qo'ziev (43.Timur Fayzullaev 74), 7.Akbar Murodov, 16.Dilshod Xushbakov, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Islom Kenjaboev, 28.Sardor Sadullaev, 35.Rahimbek Javliev, 41.Najmiddin Normurodov (s), 15.Abbos Baxshillaev (34.Ilhomjon Alijonov 51).
Zaxira: 19.Navro'zjon Izatillaev, 32.Abdulaziz Nishonboev, 33.Botirjon To'raev.
 
“Olmaliq”: 35.Nikita SHkvyrin (s) (12.Roman Abdulov59), 4.Bexzod Mirzamurotov, 5.SHaxboz Tojiboev, 6.Muhammad Isaev (18.Jasurbek Umarov 46), 7.Farhod Imamov, 9.Qadamboy Nurmetov, 10.Timur Usmonov (13.Timur Ergashev 64), 14.Doniyor Nabiev (8.Yahyo Ro'ziev 76), 15.Amirxon Ibrohimov, 17.Mirjalol Miryusupov, 19.Sunatulla Abdullajonov (11.SHaxboz Umarov 59).
 
Ogohlantirish:
Muzaffar SHaripov 19, 90+4,  Islom Kenjaboev 48 - Akmal Mozgovoy 39, SHaxboz Tojiboev 51, Timur Usmonov 63,
 
CHetlatish: 13.Muzaffar SHaripov (2SK), 90+4.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика