So’nggi yangiliklar

"Nasaf" yarim himoyachisining "Navbahor"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan Yangiliklar

"Nasaf" yarim himoyachisining "Navbahor"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan

Qarshining "Nasaf" jamoasida to'p tepib kelayotgan namanganlik Islom Rashidxonov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Olingan malumotlarga ko'ra, Rashidxonov "Navbahor" bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomaning ayrim jihatlarini kelishib olishsa, bas. Yangi yilga qadar uning o'tishi rasman elon qilinishi kutilmoqda.

Rashidxonovning oilasi "Navbahor" uchun begona emas. Otasi Dilshod Aliev tarixda "lochinlar"ning ajoyib hujumchilaridan biri bo'lganligini yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi. Akasi Akbarsho Rashidxonov ham turli yillarda "Navbahor"ning asosiy va yoshlar tarkibida maydonga tushgan.

21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Nasaf" tarkibida 26 o'yinda maydonga tushib, bir marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика