"Nasaf": Uch nafar futbolchimiz Yaponiyaga yo'l olishadi
06 avg 2015 17:22
Yangiliklar


"Nasaf": Uch nafar futbolchimiz Yaponiyaga yo'l olishadi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 7-13 avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.
Mazkur turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xirosima shahri terma jamoasi (U-19), Polsha (U-19) hamda Yaponiya (U-19) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda maydonga tushadilar.
Ushbu musobaqada yoshlar terma jamoasi safida “Nasaf”ning uch nafar azosi ishtirok etishadi. Bular yarim himoyachi Aziz G'aniev, SHarof Muhiddinov va hujumchi Bobur Abduholiqov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 26 sentyabr - 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslarida ishtirok etishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar