So’nggi yangiliklar

16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  2 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5

"Nasaf" Turkiyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

"Nasaf" Turkiyada yig'in o'tkazadi

“Nasaf” futbolchilari kecha Qibrayda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga chiqib, kichik hisobda g'alabaga erishishdi.
Uchrashuvda to'liq “Nasaf” futbolchilarining ustunligi ostida o'tdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida hisob ochildi. SHomurodov tezlik bilan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni chap qanotda qulay vaziyatda turgan sherigi SHohruh Gadoevga uzatdi. Istedodli yarim himoyachi bo'sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg'ol etdi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib qo'qonlik futbolchilar 11-metrlik jarima to'pidan muvozanatni tiklashdi.

Ikkinchi bo'limda “Nasaf” ustozi asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirib, ularning imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazdi. Ayniqsa, “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi 16 yoshli Xudoyberdi Holiqovning tezkor harakatlari raqibni yig'ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi. Aynan u faolligi evaziga ikkinchi 45 daqiqalikda raqib darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqdi.

Ushbu uchrashuvda “Nasaf” futbolchilari quydagi tarkibda harakat qilishdi: O'tkir Yusupov, Botir Qoraev, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, Aziz G'aniev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Bahrom Abdurahimov, SHohruh Gadoev, Ilhom SHomurodov, Oleksandr Kablash.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Mixail Naumov, Akram Bahriddinov, Doniyor Narzullaev,  SHarof Muhiddinov, Xudoyberdi Holiqov.

Ushbu uchrashuvdan keyin “Nasaf” futbolchilari uch kunlik tatilga chiqishdi. 22 yanvar kuni futbolchilarimiz uch haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика