“Nasaf” Turkiya yig'inini yakunladi
22 jan 2017 01:08
Yangiliklar
“Nasaf” Turkiya yig'inini yakunladi
Qarshining “Nasaf” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazgan ikki haftalik xorijiy yig'inni yakunlab, yurtimizga qaytib keldi.
Yig'in davomida qarshiliklar oltita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi va ularning barchasida g'alaba qozonishdi. Yig'in davomida tarkibda o'zgarishlar kuzatilmadi. Asosiy etibor o'yin amaliyotiga, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga qaratildi.
Jamoa azolari qisqa tatildan keyin 25 yanvardan boshlab Qarshida to'planishadi va OCHL saralash bosqichida “Al Xidd” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Xidd” uchrashuvi 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
16:05
"Afrikada bir bo'lak non uchun har kuni ertalab 20 mil masofani bosib o'tadigan insonlar bor" 3
Fikrlar