So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Nasaf": Tarbiyalanuvchilarga sertifikat topshirildi Yangiliklar

"Nasaf": Tarbiyalanuvchilarga sertifikat topshirildi

“Nasaf” futbol maktabining 1998 yilda tug'ilgan bitiruvchi o'quvchilariga sertifikat topshirish marosimi o'tkazildi.
Marosimda “Nasaf” futbol klubi bosh menejeri SHamil Yarulin so'zga chiqib, klub sport direktori Vitaliy Ni so'zga chiqishib, yosh futbolchilarning yil davomida qo'lga kiritgan yutuqlari xususida to'xtalishdi. Ularning kelgusi faoliyatlariga omadlar tilashdi.  Darhaqiqat, futbol maktabining 1998 yilda tavallud topgan futbolchilardan tashkil topgan guruhi joriy mavsumda ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishdi.  Evgeniy Smirnov va Umirqul Rahmatullaev murabbiyligidagi jamoa dastlab ikkinchi liga musobaqalarining Qashqadaryo mintaqasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

SHuningdek, Oliy va birinchi liga jamoalari tayyorlov guruhlari o'rtasida 2014 yilgi O'zbekiston birinchiligida chempionlikka sazovor bo'lishdi. Ular finalda “Bunyodkor” jamoasini 4:1 hisobida dog'da qoldirishdi.  Qolaversa, yaqindagina Samarqandda o'tkazilgan birinchi ligada o'tishi turnirida ham aynan Nasaf-1998 jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, birinchi liga yo'llanmasiga ega chiqdi.  SHuningdek, Tailandda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ushbu guruh azolaridan 6 kishi – darvozabon Umid Ergashev, himoyachi Ilhom Alijonov, Doston Berdiqulov, yarim himoyachi Islom Kenjaboev, hujumchilar Aziz G'aniev va Xudoyberdi Holiqov ishtirok etishdi. SHubhasiz bu yutuqlarni qo'lga kiritilishida futbol maktabi rahbari Sergey Kucherenkoning xizmatlari ham beqiyos.  Tadbir davomida futbol maktabining eng iqtidorli, o'qish va jamoa ishlarida faol tarbiyalanuvchilariga sertifikatlar va medallar topshirildi. 

Tadbir fotojamlanmasini quyidagi manzil orqali tomosha qilishingiz mumkin: fotogalereya
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика