So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  1 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  21 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

"Nasaf" sport direktori: "O'rinbosarlarimizning Olmaliqqa borishiga pul topdik, endi futzal masalasi qoldi" Yangiliklar

"Nasaf" sport direktori: "O'rinbosarlarimizning Olmaliqqa borishiga pul topdik, endi futzal masalasi qoldi"

Teglar :  NasafVitaliy Ni
Qarshining "Nasaf" futbol klubi moliyaviy tang ahvolga tushib qolgani oxirgi paytlarda tez-tez quloqqa chalinyapti.

Hatto vaziyat shu darajaga borib etganki, klub o'z o'rinbosarlarini zo'rg'a safar o'yinlariga yubormoqda. Malumki, "Nasaf" yoshlari ertaga Olmaliqda AGMK mehmoni bo'lishadi. Avvaliga o'rinbosarlar pul muammosi tufayli safar uchrashuviga bora olmaydi degan xabar chiqqandi.

Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Nasaf" PFK sport direktori Vitaliy Ni bilan bog'landik. Vitaliy Nikolaevich bu borada shunday dedi:

"Klubimizda chindan ham moliyaviy muammolar borligi quruq gap emas. Hatto o'rinbosarlarni Olmaliqqa qanday yuborish haqida o'ylab qoldik. Ammo hozirgi paytga kelib masala hal bo'ldi va yoshlarimiz AGMK bilan o'yinga borishadi. Men bu haqda yoshlarimiz murabbiyi Zafar Xolmurodov bilan gaplashdim, unga jamoa Olmaliqqa borishini aytdim. Endi bo'lsa futzal jamoamiz masalasini hal qilish qoldi".

"Nasaf" futzal klubi navbatdagi turni 29-30 aprel kunlari safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. Endilikda futzalchilarning Jizzaxga borishi so'roq ostida qolgan. Lekin Vitaliy Nining aytishicha, tez orada bu masala ham hal bo'lishi kutilmoqda.

X.Xoliqov.

Reyting: -88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика