So’nggi yangiliklar

08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  6 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  33 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  28 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4

"Nasaf" sobiq sport direktori "Qo'qon-1912"da ish boshladi Yangiliklar

"Nasaf" sobiq sport direktori "Qo'qon-1912"da ish boshladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari sabab, milliy chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchilariga qisqa muddatli tatil berilgan edi.

Jamoa azolari bugundan Toshkent shahrida navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Hozirgina Toshkentdagi “Mehnat” mehmonxonasining anjumanlar zalida “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda jamoaning barcha futbolchilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishni klub prezidenti Baxtiyorjon  Tolipov kirish so'zi bilan boshlab berdilar.

“Jaomamizning so'nggi o'yinlardagi ko'rsatgan natijalari bizni va muxlislarimizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Mavsumni yaxshi boshlagan edik, maqsadimiz superliganing kuchli oltiligiga kirish edi. SHunga yarasha siz futbolchilarga sharoitlarni yaratishga qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Kuchli oltilikka kirish uchun o'z maydonimizda o'tgan ayrim o'yinlardagi qoniqarsiz natijalar sabab bo'ldi. Ayniqsa oxirgi turlardagi o'z maydonimizda o'tkazgan “Nasaf” va “AGMK” jamoalariga qarshi o'yinlardan men umuman qoniqmadim “ – dedi jumladan Baxtiyor Adilovich.


SHuningdek bosh murabbiy No'mon Hasanov hamda futbolchilar Nosir Otaqo'ziev, Murod Holmuhammedovlar ham so'z olib , so'nggi o'yinlardagi natijalar haqiqatan ham qoniqarsiz bo'lganligi, endi qolgan o'yinlarda maksimal natija uchun maydonga tushishlari lozimligini takidlashdi. Futbolchilar muxlislarga mavsum boshida ko'rsatgan chiroyli o'yinlarini namoyish qilib , yil yakunida  jamoaning turnir jadvalidagi o'rnini yaxshilashga vada berishdi.

SHundan so'ng klub prezidenti B.Tolipov jamoaga katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassis, asli qo'qonlik bo'lgan, Vitaliy Nikolaevich Ni yordam berishi mumkinligini, Ni Qarshining “Nasaf” jamoasida ishlab katta tajriba ortirganini aytib , u kishini “Qo'qon-1912” futbol klubi texnik direktori etib tayinlaganini elon qildilar.
Vitaliy Ni zimmasiga jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish, kelgusi mavsum uchun selekciya ishlari bilan shug'ullanish, futbol akademiyasi tashkil etish hamda jamoaning barcha natijalari uchun javobgarlik vazifasi yuklatildi.

SHundan so'ng Vitaliy Nikolaevich so'z olib  jumladan shunday dedi.

-“Meni futbolga kirib kelishimda , futboldagi hayotimda Qo'qon katta rol o'ynagan. Men uchun bu shahar begona emas va jamoaning natijalarini muntazam ravishda kuzatib kelaman. “Qo'qon-1912” jamoasi hozirgi kunda turnir jadvalida o'ziga mos bo'lmagan o'rinda turibdi. Men o'zimga berilayotgan ishonch uchun jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Kelajakda jamoaning O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lishi uchun bor kuch va imkoniyatni, to'plagan tajribam va bilimimni sarflashga harakat qilaman. O'ylamanki biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak albatta ko'zlangan maqsadga erishamiz” – dedi Vitaliy Ni.

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика