So’nggi yangiliklar

10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги дахшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  14 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2

"Nasaf" sobiq matbuot kotibi Aziz Nuriy xonanda Jahongir Otajonovning iddaolariga javob berdi Yangiliklar

"Nasaf" sobiq matbuot kotibi Aziz Nuriy xonanda Jahongir Otajonovning iddaolariga javob berdi

Avvalroq Jahon Otajonov "Nasaf" klub uchun qo'shiq buyurtma qilib, u tayyor bo'lgach puli berilmaganini takidlagandi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik xonanda Jahongir Otajonovning "Nasaf" jamoasi haqida qo'shiq kuylagani va unga qo'shiq uchun klub tomonidan haq to'lanmaganligi haqidagi videoga ko'zim tushib qoldi.

Ochig'ini aytish kerakki, Jahongir Otajonov "Nasaf" haqidagi o'sha qo'shiqni haqiqatan ham "yondirgan". Haligacha Telegram profilimda o'sha qo'shiqni saqlab kelaman va vaqti-vaqti bilan eshitaman. Ijro ham, matn ham o'ziga xos jarangdor chiqqan.

Lekin xonandaning "Nasaf" qo'shiqni pulini bermagan", degan iddaosiga qo'shilmayman. Sababi bu qo'shiq adashmasam, 2009-2010 yillarda yaratilgan va doimiy tarzda "Nasaf" jamoasining uy stadioni – "Markaziy"da har o'yin oldidan muxlislar uchun qo'yilgan. Keyin qo'shiqning sheri muallifi Otajonov aytganidek, Bobur Bobomurod emas, balki xorazmlik jurnalist Bobomurod Abdulla ("Xorazm" FKning sobiq matbuot kotibi) bo'ladi. O'sha yillari xorazmlik bir guruh sanatkorlarning (Otajonovdan tashqari Murodbek Qilichev ham "Nasaf" haqida qo'shiq kuylagan) aynan "Nasaf" jamoasi haqida qo'shiq aytishining sababi bor. Bu uzoq yillar Xorazm viloyatida prokuror, keyinchalik Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan Xudoyqul aka (Turdiboev) bilan bog'liq. Aynan u insonning say-harakatlari bilan "Xorazm" futbol klubi o'z vaqtida Birinchi ligadan Oliy ligaga yo'llanma olgan. Xudoyqul aka keyinchalik Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlangach, tabiiyki viloyatning bosh jamoasi "Nasaf" muxlisiga aylanganini, jamoaning har bir o'yinini stadiondan kuzatib, klubdagi vaziyatdan shaxsan o'zi xabardor bo'lib yurganini qarshilik futbol ishqibozlari, xususan, ayni paytda "Nasaf"ni boshqarayotgan Ro'ziqul Berdiev yaxshi eslasa kerak. O'sha paytlari Xudoyqul aka "Nasaf" akademiyasi va jamoa asosiy tarkibi murabbiylari bilan birga har hafta futbol o'ynashi ham ko'pchilikning yodida qolgan.

Xullas, o'sha yillari Xudoyqul To'raevichga minnatdorchilik ramzi sifatida Bobomurod Abdulla shaxsan o'zi "Nasaf" jamoasiga bag'ishlab sher yozib, keyinchalik uni xorazmlik sanatkorlarga kuylatgan. Hatto bir gal Bobomurod Abdulla Qarshiga "Nasaf" o'yini vaqtida xorazmlik xonanda Murodbek Qilichevni boshlab kelib, qarshilik muxlislarga o'ziga xos bayram tomoshasini uyushtirib bergan. O'sha qo'shiq bilan bog'liq bor gap shu.

P.S. Ha, aytgancha o'sha videoda "Nasaf" haliyam chempion bo'lmadi mana, rozimasman", deyayotgan Jahongir Otajonovga bir gap: agar sizni rozi qilish bilan "Nasaf" chempion bo'ladigan bo'lsa, jamoa muxlislari sizni allaqachon siz xohlagan narsa bilan 100 barobar qilib rozi qilgan bo'lishardi, menimcha. Salomat bo'linglar :)", – dedi Aziz Nuriy.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика