"Nasaf": SHamil Samigulovichni tabriklaymiz!
06 iyu 2017 10:34
Yangiliklar
"Nasaf": SHamil Samigulovichni tabriklaymiz!
SHamil Samigulovichning rahbarlik yillarida “Nasaf” futbol klubi infratuzilmasidagi ijobiy o'zgarishlarni faxr bilan tilga olish mumkin. Ayniqsa, keyingi paytlarda ko'pmingsonli muxlislarimiz uchun, “Markaziy” stadionda yaratilayotgan sharoitlar barchamizni xursand qilmasdan qolmaydi.
SHamil Samigulovichning rahbarlik yillarida, yosh futbolchilardan munosib o'rinbosarlar tayyorlash – klub faoliyatining ustivor vazifasiga aylantirildi. Bu say-harakatlarning natijalarini bugun hamma etirof etmoqda.
Katta mehnat jamoasiga rahbarlik qilish hech qachon oson kechmagan. Har bir xodimning muammosi-yu, kayfiyatidan doimo xabardor bo'lish, ularga o'z vaqtida etiborda bo'lish, bugungi kunda kishidan katta jasorat talab qiladi. Ana shunday rahbarlik va insoniylik masuliyatini o'z zimmasiga olgan rahbarimiz, jamoamiz hurmatida va etirofidadir.
SHamil aka bugun qutlug' 61 yoshga to'ldilar! U kishini klubimizda mehnat qilayotgan barcha xodimlarlar nomidan, murabbiylaru-futbolchilar nomidan hamda “Nasaf” klubining hamma muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz! U kishiga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Rahbar sifatida olib borayotgan mashaqqatli faoliyatingizda aslo charchamang, deymiz!
Yana bir marta tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar