So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

"Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga yutqazdi Yangiliklar

"Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga yutqazdi

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
OCHL. 2-tur. "D" guruhi
AL AHLI (Saudiya Arabistoni) - NASAF (O'zbekiston) 2:1

Hakamlar:
Strebre Delovski (Avstraliya), Mettyu Krim (Avstraliya), Mettyu CHizman (Avstraliya), Alan Milliner (Avstraliya)
Nazoratchi:
Viktor Kolpakov (Qirg'iziston)
Komissar:
Devid Duayt Penano (Filippin)

Gollar:
Umar Al Soma 20, - 1:0 (Muhammad Abdulshafi). Artur Gevorkyan 65, - 1:1. Solih Al Jaman 78, - 2:1 (Amir Kurdi).

"Al Ahli":
22.Abdulloh Al Maiuf, 3.Osama Havsavi, 4.Volid Bakshvn, 9.Umar Al Soma, 11.Hussayin Al Moqahvi, 13.Muhammad Abdulshafi, 17.Osvaldo, 21.Oqil Al Sahabi (77.Amir Kurdi, 56), 24.Salman Muvashar (15.Solih Muhammad Al Jaman, 74), 25.Mutaz Havsavi, 29.Zakaria Al Sudani (19.Bruno Sezar, 66).

"Nasaf":
25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov (27.Ilhom Yunusov, 67), 9.Ilhom SHomurodov (18.Bahrom Abdurahimov, 90), 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov, 33.Odil Hamrobekov (99.Oleksandr Koblash, 79), 34.Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar:
Zakaria Al Sudani 42, Volid Bakshvn 90+1.


                                   MATNLI TRANSLYACIYA 
                                           
YANGILASH

90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Keyingi o'yinlarda "ajdarlar"ga omad tilaymiz.

90+1. Ogohlantirish.
"Al Ahli". Volid Bakshvn

90.
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi

89.ZARBAAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyayayayayayayayayayat! Gevorkyan jarima to'pini markazga oshirib berdi, Hamza Karimovning yo'llagan zarbasi darvoza ustunidan bir necha santimetrlar masofada o'tib ketdi!

88. O'zgarish. "Nasaf".
Ilhom SHomurodov o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi

85.
"Nasaf" hisobni tenglashtirishga harakat qilmoqda. Katta kuch bilan oldinga o'tilmoqda.

79. O'zgarish. "Nasaf".
Odil Hamrobekov o'rniga Oleksandr Koblash tushdi

77. Zaxiradan maydonga tushgan Amir Kurdi tomonidan o'ng qanotdan oshirilgan to'pni zaxiradan maydonga tushgan Solih Al Jaman boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:1.

77. GOL! 2:1. Solih Al Jaman boshi bilan gol urdi!

74. Gevorkyan gol urgan vaziyatda to'pning tezligi 85 km/soat bo'lgan ekan...

73. O'zgarish. "Nasaf".
Salman Muvashar o'rniga Solih Muhammad Al Jaman tushdi

69.
Gevorkyan katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi va orqaroqda kelayotgan Sayfievga to'pni uzatdi, Farruh zarba berolmadi

68.
Bruno Sezar burchakdna to'pni jarima maydoniga uzatdi, Al Soma darvozaga zarba bera olmadi

67. O'zgarish. "Nasaf".
Maqsud Karimov o'rniga Ilhom Yunusov tushdi

66. O'zgarish. "Al Ahli".
Zakaria Al Sudani o'rniga Bruno Sezar tushdi

65. Belgilangan jarima to'pini Artur Gevorkyan qoyilmaqom tarzda darvozaga yo'lladi - 1:1. Super gol!

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOL! SUPER GOOOOOOOOOL! Artur Gevorkyan!

64.
AL SOMA! Uzoq masofadan berilgan zarbani Suyunov qiyinchilikbilan qaytarib qoldi!

62. ZARBAAAAAA! Gevorkyan jarima maydoni ichiga kirib borib orqaroqdagi sherigiga to'pni oshirdi, Hamrobekovning zarbasi yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi!

60.
Al Soma va Abdulshafi ishtirokidagi hujum xavfli chiqdi, biroq darvozaga zarba berilgani yo'q.

56. O'zgarish. "Al Ahli".
Oqil Al Sahabi o'rniga Amir Kurdi tushdi

55. Javob hujumi! Osvaldo jarima mayoniga yaqinlashib keldi va zarba berdi, Suyunov jamoani goldan qutqardi.

54. XAVFLI VAZIYAT! Burchak to'pidan so'ng "ajdarlar" gol urishlari mumkin edi, Azamovning zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi!

51.
Hamrobekovning havolatib uzatib bergan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

48.
Ikkinchi bo'limni mezbonlar hujumlar bilan boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi:
Zarbalar: 4:5
Aniq zarbalar: 3:0
Bloklangan zarbalar: 0:2
Xavfli hujumlar: 17:17
Burchak to'plari: 0:1
Jarima zarbalari: 4:6
Offsayd: 0:0
Autlar: 10:13
Sariq kartochka: 1:0
Qizil kartochka: 0:0

45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:0. Biroz dam olamiz

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

43.
Stadiondagi muhitni his qilib ko'ring (video TAS-IX da)

42. Ogohlantirish. "Al Ahli".
Zakaria Al Sudani

38. ZARBA! O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatib berilgan to'pni Osvaldo boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar Suyunov to'pni ushlab oldi.

35.
Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi. CHamasi 30 metrlardan jarima to'pi. Anig'i esa 29 metr ekan. Azamovning kuchli zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

32.
"Nasaf" futbolchilari katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda, ammo jarima maydoniga kirishning imkoni yo'q

29.
Hisob ochilgach "Ahli" to'pni yana "Nasaf"ga "topshirdi". Arablar himoyalanishni ham unutishmayapti

24.
Zakaria Al Sudanining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

20. GOL! 1:0. Umar Al Soma! Muhammad Abdulshafi tomonidan havolatib uzatib berilgan to'pni Al Soma boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.

18.
Umar Al Soma jarima maydoni ichida SHerzod Azamov bilan to'qnashib ketdi, hakam penalti belgilashga asos yo'q deb topdi

16.
Roy Rok chamasi 30 metrlardan darvozaga zarba berdi, noaniq!

13.
"Nasaf" raqibdan umuman hayiqmay o'ynamoqda. Hujumlar ancha xavfli chiqmoqda

12. ZARBAAAAAAA! Osvaldo! Jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi, to'pga chiqib borgan Eldor Suyunov to'pni qaytardi! Qoyil Eldor!

10.
Arablar yana qoida buzishdi, bu safar Gevorkyanni yiqitishdi. Tezkor amalga oshirilgan jarima to'pi naf keltirmadi

9.
Roy Rok jarima to'pi ishlab oldi. CHamasi 25 metrlardan jarima to'pi. Gevorkyanning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi, endi burchak to'pi

7.
Stadionga yig'ilgan mahalliy muxlislar turli qo'shiqlar bilan "Ahli"ni qo'llab turishibdi. Bundan tashqari stadionda "Nasaf"ning jonkuyar muxlislari ham bor.

5.
Bugun Maqsud Karimov himoyada emas markaziy yarim himoyada o'ynamoqda...Ro'ziqul Berdievdan yangilik

4. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Ajoyib hujum! Maqsud Karimov to'pni chap qanotdan oldinga o'tayotgan Farruh Sayfievga uzatdi, Farruhning jarima maydoniga oshirgan to'pini Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq, lekin xavfli!

2.
Uchrashuvni "Nasaf" futbolchilari faol tarzda boshlashdi. To'p asosan "ajdarlar"da

1.O'YIN BOSHLANDI! OLG'A "NASAF"!


- Bugun ushbu guruhdan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. Unda Eronning "Traktorsozi" klubi o'z maydonida BAAning "Al Ahli" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

- "Nasaf" matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra Jiddada ayni paytda havo 26 daraja issiq.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Osiyo chempionlar ligasi davom etadi. Qarshining "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonida "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. O'yinning matnli translyaciyasini Narzulla sizlarga taqdim etadi.

- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика