So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

"Nasaf" sardori kechagi o'yinda shikastlandi. Jarohat qanchalik jiddiy? Yangiliklar

"Nasaf" sardori kechagi o'yinda shikastlandi. Jarohat qanchalik jiddiy?

Qarshining "Nasaf" jamoasi ko'plab o'zbek klublari qatori Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Ajdarlar" uchun mavsum boshqa klublarimizdan oldinroq boshlanadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 19 fevral kuni Qatarda OCHL pley-off bosqich o'yinini o'tkazishadi. SHu kuni "Nasaf" Saudiya Arabistoning "Al-SHabab" klubiga qarshi 1/8 final uchrashuvida maydonda saf tortadi. Yaqin taqibchilariga nisbatan ko'proq o'yin o'tkazgan Ar-Riyod klubi Saudiya chempionati peshqadami bo'lib turibdi. Kecha ular "Damaq" klubini Mina Santi va Karlos Karvaloning gollari evaziga mag'lub (2:1) etishdi. Agar "Al Nassr", "Al-Ittihod" va "Al-Hilol" jamoalari qoldirilgan o'yinlarda g'alaba qozonishsa, "SHabab"dan o'tib ketishadi. 

Xullas, qarshiliklar ana shunday kuchli jamoaga qarshi o'yinga Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini va uning doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari orqali taraddud ko'rmoqda. Kecha Berdiev "armiyasi" Polsha birinchi ligasi vakili "Bruk Bet Termalika" klubi bilan to'qnash keldi. O'yin "Nasaf"ning ustunligi ostida o'tdi, lekin bu hisobning ochilishi uchun kamlik qildi. Ikkinchi bo'limda Oybek Bozorovning o'zi ikkita juda qulay vaziyatni golga aylantira olmadi. Boz ustiga uchrashuvning 70-daqiqalarida jamoa sardori Umarbek Eshmurodov jarohat olib, maydonni tark etdi. Vaziyatga yaqin joyda bo'lganimiz uchun jarohat jiddiyga o'xshab ko'rindi. Raqib butsasining zarbidan himoyachimiz ancha payt o'rnidan turolmadi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Uchrashuvdan so'ng mehmonxonaga qaytib keldik va futbolchimizdan hol-ahvol so'rash maqsadida u bilan bog'landik. Vaziyatga oydinlik kiritib berishi mumkin bo'lgan Ro'ziqul Berdievdan o'yin yakunlanganidan keyin intervyu so'raganimizda rad javobini olgandik. 


- Umarbek, sog'liq joyidami? Jarohat biz o'ylaganchalik jiddiy emas ekanmi?

- SHukur, hammasi yaxshi. 


- SHifokor nima dedi?

- Qo'rqinchli narsa yo'q ekan. Tez orada maydonga qaytaman.


- Ikki-uch kun dam berishmas ekanmi?

- Yo'q. Menimcha, ertangi mashg'ulotga chiqaman. 

Umuman olganda, bu "Nasaf"ning Antaliya yig'inidan o'rin olgan uchinchi o'rtoqlik uchrashuvi edi. "Ajdarlar" avvaliga CHernogoriyaning "Dechich" klubini 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Keyin esa Ukraina birinchi ligasi vakili Jitomirning "Polissya" klubi bilan murosa (1:1) qilishdi. Uchinchi nazorat o'yinida ham durang natija qayd etildi. Kechagi o'yinda braziliyalik legioner Mateus Lima Kruz ko'rinmadi. Aftidan kichik jarohat bor ko'rinadi. "Nasaf"ning yangi azosi, Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Muhammadjon Rahimov ikkinchi bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Mavsumlar oralig'ida "Qo'qon-1912" jamoasidan ijaraga olingan Javohir Sidiqov hamda "Qizilqum"dan yana jonajon klubiga qaytgan SHuhrat Muhammadiev boshlang'ich tarkibda maydonga tushirildi. Hozircha sanab o'tgan ana shu uch futbolchi "Nasaf"ning yangi "xaridlari" bo'lib turibdi. Oldinda Ro'ziqul Berdiev jamoasini Turkiya yig'inidan o'rin olgan 5 ta o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Jamoa 16 fevral kuni OCHL o'yinini o'tkazish maqsadida Istanbuldan to'g'ri Qatar poytaxti Doha shahriga uchib ketadi.


Kamoliddin ALIMOV (Antaliya, Turkiya)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика