"Nasaf": Raqibimiz “Al Ahli” safarda “Al Hilol”ni mag'lub etdi
11 dek 2015 12:17
Yangiliklar
"Nasaf": Raqibimiz “Al Ahli” safarda “Al Hilol”ni mag'lub etdi
SHveycariyalik mutaxassis Kristian Gross boshqaruvidagi “Al Ahli” futbolchilari Ar Riyod shahridagi Qirol Fahd stadionida kechgan bellashuvning 24-daqiqasida Husayn Al Mogavining aniq zarbasidan keyin o'yinda hisobni ochishdi. 47-daqiqada “Al Hilol”ning braziliyalik yarim himoyachisi Karlos Eduardo o'yinda muvozanatni tikladi. Ammo o'yinning 68-daqiqasida Mohanad Asiri jiddaliklarga g'alaba keltiruvchi golni kiritib, jamoasining safardan g'alaba bilan qaytishini taminladi. Takidlash joizki, uchrashuvning 57-daqiqasida “Al Hilol” jamoasining braziliyalik hujumchisi Ailton Almeyda 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.
Mazkur g'alabadan keyin “Al Ahli” futbolchilari 24 ochko to'plab, turnir jadvalida “Al Hilol” bilan qo'shhokimlik qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” futbolchilari OCHLning “D” guruhida ilk uchrashuvni safarda aynan “Al Ahli” jamoasi bilan o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar