"Nasaf" raqibi "Al Jaish" g'alaba qozondi
29 jan 2014 12:37
Yangiliklar

"Nasaf" raqibi "Al Jaish" g'alaba qozondi
"Nasaf"ning OCHL pley-ofidagi raqibi Qatarning "Al Jaish" jamoasi kecha Qatar yulduzlar ligasi 18-turida "Al Xariytiat" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Maydon egalari safida Jires Kembo Ekoko dublga erishdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Al Jaish" chempionatda ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Klub keyingi o'yinni 31 yanvar kuni safarda "Al Vakra"ga qarshi o'tkazadi. 4 fevralda esa o'z maydonida Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" jamoasi bilan o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, "Al Jaish" va "Nasaf" o'rtasidagi bahs 8 fevral, shanba kuni Doxadagi "Abdullo Bin Nosir bin Xalifa" stadionada bo'lib o'tadi.
"Al Jaish" - "Al Xariytiat" 2:1
Gollar: Kembo Ekoko 31, 58 - Jeysi Okvunvanne 89.

Fikrlar