"Nasaf" "Qo'qon" bilan nazorat o'yinida bellashadi
16 jan 2015 22:09
Yangiliklar


"Nasaf" "Qo'qon" bilan nazorat o'yinida bellashadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Qarshi shahrida davom ettirayotgan “Nasaf” futbolchilari yakshanba kuni Toshkentda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Uchrashuv soat 11:30 ga belgilangan. “Nasaf” futbolchilari ushbu yig'in
doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini 13 yanvar kuni “Buxoro”ga qarshi
o'tkazib, 1:0 hisobida g'alabaga erishgan edi. “Qo'qon-1912”ga qarshi
uchrashuvdan keyin “Nasaf” futbolchilari uch kunlik tatilga chiqishadi.
So'ngra tayyorgarlik bosqichining uchinchi bosqichini o'tkazish uchun Turkiyaga
jo'nab ketishadi. Yig'in doirasida futbolchilarimiz 6 ta nazorat uchrashuvida
maydonga chiqishlari rejalashtirilgan.

Fikrlar