So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

“Nasaf” - “Qo'qon-1912”. Prevyu Yangiliklar

“Nasaf” - “Qo'qon-1912”. Prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston chempionati 16-tur uchrashuvini “Nasaf” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 6 avgust yakshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 19:30da boshlanadi.
 
O'zPFL 16-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
06.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylalov (Toshkent)
Zaxira hakami: D.Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent)
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

Uchrashuv ahamiyati haqida

Ushbu uchrashuv jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega. Bu uchrashuvda g'alaba qozonsak, turnir jadvalining 2-pog'onasiga ko'tarilib olishimiz mumkin. SHuningdek mazkur jamoalar o'rtasidagi bu bahs, 16-turning markaziy uchrashuvi ham hisoblanadi. 

O'zaro uchrashuvlar raqamlarda

Mazkur jamoalarning oliy ligadagi o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, jamoalar bungacha 15 marta tuqnash kelishgan. SHundan 11ta uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Eng qiziqarlisi jamoalar chempionatdagi o'zaro uchrashuvlarda hanuzgacha durang natija qayd etiishmagan.

To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 32-19.


Birinchi davradagi o'zaro uchrashuv haqida

Mazkur jamoalar bu yilgi chempionatning 1-tur uchrashuvini 4 mart kuni Qo'qonda o'tkazishgan. Uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi jamoamiz gollarini Bahrom Abdurahimov va Dragan CHeranlar kiritishgan.

O'zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

Jamoamizning o'zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo'lib o'tgan, “Nasaf” – “Temiryo'lchi” 4:0 uchrashuvida jamoamizning o'tmishdagi to'purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo'lgan. Ikkinchi davrada Qo'qonda bo'lgan uchrashuvda esa SHuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, SHuhrat Yusupov esa darvozamizga bitta to'p yo'llagan.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 16-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv, “Nasaf”ning oliy ligadagi 604- uchrashuvi hisoblanadi.

Ushbu  uchrashuv qanday yoritiladi

Bo'lajak uchrashuvni odatdagidek saytimiz orqali to'liq onlayn matnli translyaciya qilamiz. Uchrashuv “Markaziy”da bo'layotgani sabab, matnli translyaciya davomida etiboringizga suratlar va gollarni taqdim qilib boramiz.

Aziz futbol ishqibozlari, “Markaziy” sizga muntazir!

Yuqorida takidlaganimizdek 6 avgust kuni bo'ladigan “Nasaf” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv juda qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo'lishiga hech qanday shak-shubha yo'q.

Mana shunday qiziqarli uchrashuvni “Markaziy”ga kelib, misli Evropacha stadionda tomosha qilishning o'zgacha zavqi bor. Yangilangan stadionimiz ayni paytda mamlakatimiz futbol ishqibozlarining havasini o'yg'otadigan darajada. Qolaversa, “Nasaf” jamoamiz chempionatimizda ham, kubok bahslarida ham eng qiziqarli va muxlisbop o'yin ko'rsatayotgan kamsonli jamoalardan biri bo'lib turibdi.

SHunday ekan, kelayotgan yakshanba kuni barcha futbol ishqibozlarini “Markaziy”ga taklif etamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика