So’nggi yangiliklar

16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  5 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5

"Nasaf" prezidenti: "Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"da istaganicha qoladi" Yangiliklar

"Nasaf" prezidenti: "Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"da istaganicha qoladi"

SHuxrat Aslanov Ro'ziqul Berdiev borasida fikr bildirdi.

Kecha Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" — “Lokomotiv” uchrashuvining so'ngi daqiqalarida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning uchrashuv bosh hakamiga etiroz bildirgani bugun OAV va keng jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo'ldi. Ushbu voqeaga SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi direktori, "Nasaf" futbol klubi prezidenti SHuxrat Aslanov ham o'z munosabati bildirdi.

- “Ro'ziqul Berdiev o'zi xohlagan muddatgacha klubda faoliyat olib boradi. Klub rahbariyati Ro'ziqul Berdiev va murabbiylar shtabiga to'liq ishonadi. "Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan O'zbekiston chempionatining to'rt karra bronza, ikki karra kumush medallari, ikki karra O'zbekiston Kubogi va bir marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritganini jamoamiz muxlislari esdan chiqarmasliklari kerak deb o'ylayman. Kechagi bellashuvdan so'ng “Nasaf” va uning atrofida klub nomi orqali o'ziga etiborni jalb qiluvchilar ko'payganligi va bu aynan klubning oxirgi yillardagi omadli ishtiroki sababli deb bilaman. So'nggi paytlarda klubimiz haqida "qayg'urayotgan" turli futbol "bilimdon" laridan maslahatlardan biroz tiyilishlarini so'rab qolardim.

- Jamoamiz joriy mavsumda milliy chempionatimizda chempionlik uchun kurashmoqda va bu yilgi chempionat har qachongidan ham qizg'in kechmoqda. Jamoa xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. SHu sababli jamoamizning haqiqiy muxlislaridan biroz sovuqqon bo'lishlarini, har qanday holatda ham futbolchilar va murabbiylar shtabini qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Zero, haqiqiy muxlis, omad kelmaganida ham o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashi lozim”, -deydi klub prezidenti.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика