So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

“Nasaf” prezidenti: “Jamoada hammasi yaxshi bo'ladi” Yangiliklar

“Nasaf” prezidenti: “Jamoada hammasi yaxshi bo'ladi”

So'nggi vaqtlarda “Nasaf” jamoasining moliyaviy holati haqida ko'pgina OAVlarda xabar va maqolalar elon qilindi.

Kuni kecha O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahriga tashrif buyurib,  hozirgi kunda klubda mavjud muammolarni muhokama qildi. Tashrif davomida Umid Mahammadjanovich klub prezidenti,   SHurtangazkimyo majmuasi rahbari SHuhrat Aslanov bilan ham uchrashdi.

Biz “Nasaf” klubi prezidenti bilan bog'lanib, ushbu tashrif va jamoadagi vaziyat haqida ayrim savollarga javob olishgan urindik.

 -“Nasaf”ni byudjeti haqida oxirgi paytlarda juda ko'p gap-so'z bo'layapti. Lekin klub byudjetiga nima bo'lganligi haqida kimda aniq “informaciya” bor? Superligada 12 ta jamoa bor. Lekin hammani “Nasaf”ni byudjeti qiziqtirmoqda, -deya gap boshladi SHuhrat CHorievich.

-SHunga aniqlik kiritish uchun ham o'zingizga murojaat qilayapmiz. Qolaversa, yaqinda futbolimiz rahbarlari Qarshiga tashrif buyurib, klubdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi...
-Jamoada hammasi yaxshi bo'ladi. Kuni kecha O'FA 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Qarshiga tashriflari chog'ida ham shu va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdik. U kishi futbolni rivojlantirish bo'yicha masul inson. Hukumatni topshirig'ini u kishi bajaradi. Agar “Nasaf”ni byudjeti haqida gapiradigan bo'lsam, klubdagilar oyma-oy pullarini olib turishibdi.

-Yil boshida jamoa hammasi yaxshi boshlandiyu, keyinchalik klub atrofida turli xil salbiy gap-so'zlar ko'payib ketdi. Bu asosan yuqorida aytganimizdek, moliyaviy muammolar bilan bog'liq masalalar...
-Menimcha, klub byudjetini bizchalik hech kim ko'rib, bilib turgani yo'q. Jamoada hozir hech qanaqa muammo yo'q. Mamlakat rahbari futbolni rivojlantirish bo'yicha qaror qabul qilganidan so'ng bu so'zsiz bajariladi. Qarorning amalda bajarilishi uchun barcha harakat qiladi. O'zbekistonda, bilasiz, futbol klublarining 99 foizi davlat tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladi. SHu sabab   homiy tashkilotlar yil oxirigacha tasdiqlangan smeta asosida klubni moliyalashtirib boradi. Klubning bir yillik smetasida belgilangan mablag' bir kunda emas, balki yil davomida klub hisob raqamiga o'tkazib beriladi. Ochig'i, “Nasaf”dagi holat haqida haqida tarqatilayotgan salbiy xabarlardan ko'pchilik bezib qoldi. “Jamoa tarqab ketarkan” deyishgacha borib etildi. Lekin, Xudoga shukr, mana jamoa bir maromda faoliyatini davom ettirmoqda. SHu sabab muxlislardan xavotirga berilmasliklarini so'rardim. “Nasaf” o'ziga xos tarixga ega viloyatning bosh jamoasi. O'ylaymanki, jamoa bundan keyin ham o'z ananasiga sodiq qolgan holda minglab muxlislarini xursand etishda davom etadi.


Aziz NURIY suhbatlashdi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика