So’nggi yangiliklar

13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  1 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  0 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  4 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  5 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  16 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  3 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  17 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  18

“Nasaf” PFKda xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi Yangiliklar

“Nasaf” PFKda xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Teglar :  NasafXotira turniri
“Nasaf” professional futbol klubida 9 may xotira va qadrlash kuniga bag'ishlanib, Qashqadaryo futbolini rivojlanishida munosib hissa qushgan, futbol jonkuyari Nuriddin aka Zayniev xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tdi.

Xotira turniriga tashrif buyurganlar shuningdek Nuriddin aka Zaynievning qabrini ham ziyorat qilishdi va quron tilovat qilindi.

Musobaqa boshlanishi oldidan xotir turnirining ochilish marosimi ham o'tkazildi. Unda Qarshi shahar hokimligi, shahara madaniyat va sport boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati futbol federaciyasi, “Nasaf”, “SHo'rtan” va “Mashal” futbol klublarining rahbarlari so'zga chiqishib, Nuriddin Zaynievning hayoti va faoliyati haqida o'z xotiralaridan ishirokchilarga so'zlab berishdi. SHuningdek ochilish marosimida Nuriddin aka Zaynievning oila azolari vakili sifatida Ilhom SHodiev ham qatnashib, xotira turniri tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor etdi. Ushbu xotira turniri viloyatimizda ananaga aylanib qolishiga umid bildirdi.

Mazkur xotira turnirida viloyatimizning o'n uchta futbol faxriylaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi. Bular, “Nasaf”, “SHo'rtan”, “Omad”, “Olimpiya”, “Pulsar”, “Beshkent”, “Neftgaz”, “Qarliq”, “Qora tepa” “Kitob”, “Koson”, Kasbi” va “Muborak” futbol jamoalaridir.

Musobaqa nizomiga va quraga ko'ra, jamoalar o'z raqiblari bilan bahsga kirishishdi. Dastlabki bosqichda quyidagi jamoalar bir-birlari bilan ro'baru kelishdi:

“Omad” – “Olimpiya” 5:12

“SHo'rtan” – “Beshkent” 1:3

“Neftgaz” – “Qarliq” 4:7

“Qora tepa” – “Muborak” 5:2

“Koson” – “Kitob” 7:3

“Kasbi” – “Nasaf” 2:8

O'n uchinchi jamoa “Pulsar” esa uchrashuvlarni to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshladi.

Stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari uchun ayniqsa “Kasbi” – “Nasaf” uchrashuvi juda katta qiziqish o'yg'otdi, chunki “Nasaf” faxriylari jamoasida “ajdarlar”ning sobiq futbolchilari Ro'ziqul Berdiev, SHuhrat Toshpo'latov, Zafar Xolmurodov, Nurali Sultonov kabi o'tmishda o'zlarining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan o'yinchilar ishtirok etishdi.

Xotira turnirining ikkinchi bosqichida quyidagi natijalar qayd etildi va g'olib jamoalar navbatdagi bosqichga yo'l olishdi

“Nasaf” – “Pulsar” 7:5

“Beshkent” – “Qarliq” 4:2

“Qora tepa” – “Koson” -:+

“Qora tepa” jamoasi safida yosh futbolchi maydonga tushgani uchun turnir bosh hakami Konstantin Smirnov tomonidan ushbu jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi.

SHunday qilib, xotira turnirining yarim finaliga “Nasaf”, “Koson”, “Beshkent” va “Olimpiya” jamoalari etib kelishdi.

Yarim finalda, “Nasaf” – “Koson” 7:5, “Beshkent” – “Olimpiya” 2:5 natijalari qayd etildi.

Xotira turnirining finalida “Nasaf” va “Olimpiya” jamoalari tuqnash kelishdi. Ushbu bahs juda qiziqarli va kurashlarga boy kechdi. SHuni alohida takidlash joizki, Qarshi shahar Olimpiya zahiralari kolleji o'qituvchi va murabbiylaridan tashkil etilgan jamoa “Nasaf” jamoasi faxriylariga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ammo final uchrashuvi “Nasaf” jamoasi faxriylarining g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarga “Nasaf” jamoasidan Nurali Sultonov (2), Nurali Qo'ng'irov (2) va Eldor Moylievlar kiritishdi. “Olipiya” jamoasining gollariga O'tkir Holiqov (2) va Eldor Ro'ziqulovlar mualliflik qilishdi. Final uchrashuvi 5:3 hisobida nihoyasiga etdi.

Musobaqa yakunlangach g'oliblarni taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. Unda Qashqadaryo Futbol Federaciyasi vice prezidenti Norqul Daminov, federaciyaning musobaqalarni o'tkazish bo'limi boshlig'i Asror Xo'jaev, “Nasaf” PFK bosh menedjeri SHamil Yarulin, “Nasaf” PFK sport direktori Nikolay Ni, “SHo'rtan” PFK direktori SHodi Nomozov va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi. Xotira turnirida 3-o'rinni egallagan “Beshkent” va “Koson” jamoalari, 2-o'rinni egallagan “Olimpiya” jamoasi va faxrli 1-o'rinni egallagan “Nasaf” faxriylari jamoalari esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Marhum Nuriddin aka Zaynievning oilasi vakiliga xotira turniridan esdalik sovg'asi ham taqdim etildi.

Marosimda bunday xotira turniri bundan buyon muntazam o'tkazib borilishi haqida bildirib o'tildi.

SHunisi diqqatga sazovorki, kuni kecha viloyatimizda Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlangan  shaxmat turniri ham tashkil etilgan.

Xotira turnirida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan OAVlari vakillari ham hozir bo'lishdi.

Xotira turniri yauniga etgach tashkilotchilar tomonidan dasturxonga osh tortildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика