So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

“Nasaf” PFKda bolalar uchun bayram tashkil etildi Yangiliklar

“Nasaf” PFKda bolalar uchun bayram tashkil etildi

Teglar :  Nasaf
Bugun “Nasaf” PFKda bolalar uchun katta bayram tashkil etildi. 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan klubimizda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi.

Ushbu bayramda nafaqat Qarshi shahridan, balki viloyatimizning turli tumanlaridan, hattoki qo'shni viloyatlardan ham mehmonlar – bolalar futbol jamoalari tashrif buyurishdi. Bayramda 80dan oshiq turli yoshdagi bolalar futbol jamoalari ishtirok etishdi. Bayram ishtirokchilarining soni ming nafardan oshiq bo'ldi.


“Nasaf” futbol maktabida bayramni tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda “Nasaf” PFK bosh menedjeri S.P.Kucherenko, bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev, klubimiz masul xodimlari, murabbiylar va futbolchilar ham hozir bo'lishdi.



Ochilish marosimida Ro'ziqul Berdiev so'zga chiqib, bayram ishtirokchilarini qizg'in tabrikladi va kelgusida ularga futbol bilan yaqindan oshno bo'lishni tiladi.


SHundan so'ng bayram ishtirokchilari murabbiylarimiz va fubolchilarimiz bilan esdalik uchun rasmlarga tushishdi. Bolajonlar uchun ayniqsa himoyachimiz, Serbiyalik futbolchimiz Slavko Lukich bilan so'hbatlashish va birga rasmga tushish juda qiziqarli bo'ldi. Bolajonlar uchun “Markaziy” stadionimizga sayyohatlar ham uyushtirildi.


SHuningdek Qarshi shahar yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi bilan ko'pchilik yoshlarimizning faol etakchilari ham stadionimizni tomosha qilishib, yaqindan tanishishdi.  


Bayramni tashkil etishdan ko'zlangan maqsadga erishildi. Buni  bayramda ishtirok etgan bolalarning quvonchidan ham bilish mumkin edi.

Bayram tadbirlari ertalab 8:00dan boshlangan va ayni paytda ham davom etmoqda. Bayram so'nggida futbol uchrashuvlari g'oliblarini taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi. G'oliblarga klubimiz rahbariyati tomonidan kubok, diplomlar va esdalik sovg'alari topshiriladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика