"Nasaf" - "Paxtakor". Qanot hakamiga - 2!
03 iyu 2014 19:50
Yangiliklar
"Nasaf" - "Paxtakor". Qanot hakamiga - 2!
O'yindan keyingi yakuniy qaydnomada navoilik hakam R. Samandarovga uchrashuv nazoratchisi V.Valickiyni 8.6 (4+) baho qo'yganligini ko'ramiz.
Bugun "Nasaf" matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan videodan shu narsani ko'rishimiz mumkinki, uchrashuvning 61-daqiqasida urilgan gol o'yindan tashqari holatda bo'lmagan.
Qanotdagi vaziyatni to'g'ri baholay olmagan hakam, o'yindan tashqari holatni ko'rsatadi. Bosh hakam Bobomurodov esa yordamchisining qarorini inobatga olib golni bekor qiladi.
Odatda bunday vaziyatlardagi qarorga 100% qanot hakami javob beradi. SHu boisdan, qanot hakami R.Samandarovga PFL qanday chora ko'rishini kutamiz. Agar chora ko'rilmasa, PFL o'z rasmiy saytida maxsus chizmalar yordamida gol haqiqatdan ham o'yindan tashqari holatda urilganligini isbotlab berishi kerak.
Hozircha 11-tur uchun bu hakamlar brigadasi bironta o'yinga qo'yilmaganligini ko'rishimiz mumkin. Odatda bunday xatolarga 3tadan 5ta o'yinga diskvalifikaciya beriladi. Uchrashuv nazoratchisini yuqori ball qo'yiganligiga ham PFL izoh berishi kerak.
Video TAS-IX hududida

Fikrlar