So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  2 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

“Nasaf” – “Paxtakor”. O'yin oldi jurnalistlar fikrlari Yangiliklar

“Nasaf” – “Paxtakor”. O'yin oldi jurnalistlar fikrlari

Teglar :  NasafPaxtakor
Xabaringiz bor bugun Oliy Ligada 29-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turning markaziy o'yini so'zsiz Qarshida bo'lib o'tadi, unda Nasaf chempionat peshqadami, Paxtakorni qabul qiladi.

Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinga qiziqish muxlis-u mutaxassislar o'rtasida har doimgidek baland. Biz ham o'yin oldidan futbolimizning bazi  jonkuyar jurnalistlarining bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqib ko'rdik. Quyida ularning fikrari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Nodirxo'ja Yuldashev (championat.asia sayti bosh muharrirri)

-“Nasaf” kubokda g'alaba kozonganidan keyin bitta o'yinda g'alaba va ikkita o'yinda durang o'ynadi. Buni ikki xil sabab bilan bog'layman. Birinchilardan bo'lib OCHL hal etilgani bo'ldi. Ikkinchisi esa, “Nasaf”ning ikki rakibiga ochkolar juda muxim edi. “Bunyodkor”ga OCHL uchun,  “Dinamo”ga Oliy Ligada qolish uchun. Qolaversa “Nasaf” zaxira o'rindig'ini uzun emasligi o'z so'zini aytdi. Lekin bugungi o'yin arafasida bu omillar o'z kuchini yo'kotadi. Boisi, “Paxtakor” Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uchun allakachon azaliy raqibga aylanib bo'lgan. Undan tashqari bu o'yin futbolchilar uchun xam muxim. Bizning Oliy Ligamizda Nasaf, Lokomotiv, Bunyodkor va Paxtakor kabi jamoalar uzog'i 8 ta tuzukrok o'yinda maydonga chiqadilar. Aynan shu o'yinlar orqali futbolchilarimiz o'z kuchlarini rosmanasiga sinab olishlari mumkin. Afsuski Eldor Suyunov jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Gevorkyanda xam kichik jarohat bor. Ammo Gadoev va Muxammadiev xar kachongidan ham kuchlirok o'ynashga xarakat qilishlarini kutyapman.

“Paxtakor” uchun bu final. “Nasaf” bu yil bitta finalda o'ynab bo'ldi. Kubok finaliga chiqa olmagan “Paxtakor” safarda jiddiy qarshilikka duch kelishi anik. Bu o'yinni bejizga final demayapman. Taqvimga ko'ra 29 turda toshkentliklar “Nasaf” mexmoni bo'ladi. Bu o'yinda ular mag'lubiyatga uchrasa Lokomotiv uchun chempionlik medalini tuxfa qilishgan bo'ladi. Xuddi “Nasaf”da bulgani kabi “Paxtakor”ning xam  zaxira o'rindig'i tor. Aksiga olib asosiy tarkib azosi bo'lgan Adnan Oraxavac Bunyodkorga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng zaxiraga o'tkazildi. “Paxtakor” xam OCHL masalasini g'al kilgan bo'lsada chempionlik uchun ko'rashib ko'radi. Jazodan kochish uchun yutkazib beradi degan,  gap so'zlar asosga ega emas. Jamoa “Bunyodkor”ga rosmana o'yin borasida yutqazdi. “Nasaf”dan farqli ravishda “Paxtakor”ga murabbiy kerakligi ko'rinib qoldi. Agar Maxaradze o'yin davomida o'z o'yinini ko'rsatsa, “Nasaf”ga qiyin bo'lishi mumkin.

Ertangi o'yinda kanday natija kayd etilmasin, uchrashuvning  jarohatlarsiz o'tishini istar edim. O'zim esa Olmalik – Bunyodkor  uchrashuvini tomosha qilaman.

Narzulla Saydullaev (championat.asia sayti)

-“Markaziy”dagi markaziy o'yinga qiziqish juda ham katta ekanligi bor gap. CHempionlik masalasini 95 foizga aniqlab beradigan o'yindan oldin ikkala jamoaning ustun va kamchiliklarini keltirib o'tamiz.

Muxlislar

“Ajdarlar” o'z maydonlarida, o'z muxlislari qarshisida o'ynashadi. Bu Ro'ziqul Berdiev jamoasiga ustunlik berishi turgan gap. Jamoa o'z maydonidagi mavsumning eng so'nggi uchrashuvda muxlislar uchun g'alaba qozonishga urinishi aniq.

Bosim
“Nasaf” jamoasi chempionatda bronza medallariga ega chiqishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Jamoa futbolchilarida bosimsiz o'ynash imkoniyati bor. Yani natija birlamchi emas. “Paxtakor”da esa buning aksi. Jamoaga xatto durang ham qoniqarsiz natija hisoblanadi. “SHerlar” chempion bo'lishni istashsa Qarshidan g'alaba bilan qaytishlari shart. Bu esa ilk daqiqalardanoq jamoani hujumga o'tishni va gol urishga undaydi. “Nasaf” esa qarshi hujumda yaxshi o'ynashini barcha biladi.

Eldorbek Suyunov
O'zbekistonning eng kuchli posbonlaridan biri bo'lgan posbonning jarohat olishi jamoaga qimmatga tushishi mumkin. Sababi Suyunov “Nasaf”ning birinchi raqamli darvozaboni edi. Uning o'rni butunlay o'zgacha. “Paxtakor” Suyunovning yo'qligidan foydalanib qolishi mumkin.

Statistika
“Nasaf” oliy ligada “Paxtakor”ga qarshi o'tkazgan oxirgi 17ta o'yinning hech birida yuta olmagan. Qarshi jamoasi so'nggi bor 2006 yil “sherlar”ni taslim qilgan. SHundan buyon bu raqibni mag'lub eta olgani yo'q. Bu borada “Paxtakor”ning ustunligi ko'rinib turibdi.

O'tgan turdagi o'yinlar

Toshkent klubi bir tur oldin Muborakda “Mashal” mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchdi. Jamoa so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g'olib bo'ldi. Bu esa “Paxtakor”ga chempionlik ko'rashini davom ettirish imkoniyatini qaytardi. Barchasi “sherlar”ning o'z qo'lida qoldi. “Nasaf” esa bir qator asosiy futbolchilarsiz Samarqandda “Dinamo” bilan durang o'ynab qaytdi. Ro'ziqul Berdiev asosiy etibor “Paxtakor” bilan o'yinga qaratilganini aytib o'tdi.

Taxmin
Agar o'yinda qizil kartochka bo'lmasa bahs durang natijasi bilan tugasa kerak. Bu shunchaki taxmin, barcha masala maydonda hal bo'ladi. Ikkala jamoaga omad tilayman.


Azamat Umarov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика