So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  23 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  5 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  10 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  16 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  20 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

"Nasaf" - "Paxtakor" bahsini Zokir Qodirov boshqaradi. U haqda nimalarni bilamiz? Yangiliklar

"Nasaf" - "Paxtakor" bahsini Zokir Qodirov boshqaradi. U haqda nimalarni bilamiz?

Kecha oliy liganing 29-tur uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi. Unga ko'ra nafaqat turning, balki mavsumning eng etiborga molik uchrashuvlaridan birini Zokir Qodirov boshqaradi. Gap "Nasaf" - "Paxtakor" o'yini haqida bormoqda.

Nega Ermatov emas?

Tur hakamlari chiqishidan oldin ko'pchilik Qarshida bo'ladigan uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarsa kerak deb o'ylagandi.CHunki bu bahs oliy ligada ikkinchi o'rin bilan birga Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini hal qilib beradi. Ammo PFL hakamlar qo'mitasi negadir bu o'yinga Ravshan Ermatov va uning brigadasini qo'ymadi, balki navoiylik hakam Zokir Qodirovga ishonch bildirdi.

Bundan esa ko'pchilik taajjubda qoldi. Axir eng markaziy o'yinga eng kuchli hakam qo'yilishi kerak emasmi? Bu turda Ermatov ahamiyati uncha yuqori bo'lmagan "Bunyodkor" - "Buxoro" bahsini boshqaradi. Mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish unchalik yuqori emas, stadionga o'yin kuni nari borsa 500 muxlis kelsa katta gap.

Ko'pchilik qatori biz ham mavsumning eng kutilayotgan bahsiga Ermatov yoki bo'lmasa Kovalenko va Tantashevni kutgandik. Ammo qaror qabul qilib bo'lindi. Endilikda bu o'yinni Zokir Qodirov boshqaradi.


SHaxsan o'zim bu inson boshqargan nechta o'yinni ko'rgan bo'lsam, Qodirov bir jamoaga yaqqol yon bosganini sezmaganman.



Zokir Qodirov qanday hakam?

Aslida Zokir Qodirov ham yaxshi hakamlar sirasiga kiradi. SHaxsan o'zim bu inson boshqargan nechta o'yinni ko'rgan bo'lsam, Qodirov bir jamoaga yaqqol yon bosganini sezmaganman. Navoiylik hakam ko'pincha maydonda nimaiki bo'lsa shunga qarab xulosa chiqaradi, boshqacha aytganda o'yinni boricha hakamlik qiladi. Umuman olganda, Zokir Qodirovni saviyali, shu bilan birga o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubormaydigan hakamlardan biri deya olamiz.

SHunday qilib "Nasaf" - "Paxtakor" bahsida Zokir Qodirov ishlaydi. Unga qanotlarda Obid Jumaev bilan Ruslan Samandarov yordam berishadi. Alisher Abdullaev esa hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.


Qodirov bu yil qaysi o'yinlarni boshqargan?

SHu o'rinda statistikaga murojaat etishni lozim topdik. Zokir Qodirov bu mavsum hozircha 15ta o'yinni boshqardi.

"Mashal" - "Metallurg" 1:0
"Lokomotiv" - "Olmaliq" 5:0
"Neftchi" - "Bunyodkor" 1:2
"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0
"Metallurg" - "So'g'diyona" 3:1
"Lokomotiv" - "Dinamo" 2:0
"Nasaf" - "Navbahor" 4:0
"SHo'rtan" - "Dinamo" 1:0
"Nasaf" - "Bunyodkor" 0:1
"Mashal" - "Navbahor" 2:1
"Neftchi" - "So'g'diyona" 1:1
"Bunyodkor" - "SHo'rtan" 3:1
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 3:0
"Olmaliq" - "SHo'rtan" 3:1
"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 2:5

Mana shu o'yinlarda Qodirov jami 39ta sariq kartochka ko'rsatgan va bir marta "qizil" bergan. Bu "Nasaf" - "Navbahor" o'yinida ro'y bergan. Bundan tashqari, navoiylik referi o'zi boshqargan o'yinlarda 8 marta penalti belgilagan. U "Mashal" - "Metallurg", "Lokomotiv" -  "Olmaliq", "Metallurg" - "So'g'diyona", "Nasaf" - "Navbahor", "Nasaf" - "Bunyodkor", "Mashal" - "Navbahor", "Neftchi" - "So'g'diyona", "Olmaliq" - "SHo'rtan" uchrashuvlarida bir martadan 11 metrlik nuqtani ko'rsatgan.

Zokir Qodirov bu mavsum "Paxtakor"ning hozircha bitta o'yinini boshqardi. Bunda "Paxtakor" o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi bahs olib borib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHuningdek, "Nasaf"ning ikkita uy uchrashuvida hakamlik qilgan. "Nasaf" o'z maydonida "Navbahor"dan yirik hisobda ustun kelgan bo'lsa, "Bunyodkor"ga kichik hisobda yutqazib qo'ygan.


O'tgan yil Qodirov qaysi o'yinlarni boshqargan?

O'tgan yil Zokir Qodirov oliy liganing 17ta uchrashuvida hakamlik qilgan. U boshqargan o'yinlarda "Nasaf" safarda "Metallurg"ga yutqazib qo'yib, o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etgan, shuningdek "Paxtakor" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan.

Qodirov o'tgan yil "Paxtakor" ishtirokidagi uchta uchrashuvda hakamlik qilgan. SHundan ikkitasini "Paxtakor" o'z maydonida o'tkazib, ikkalasida ham 3:0 hisobida zafar quchgan: "Paxtakor" - "Mashal" 3:0, "Paxtakor" - "So'g'diyona" 3:0. Lekin safarda aynan "Nasaf" bilan kechgan bellashuvda toshkentliklar yutqazib qo'yishgan.

2015 yil Qodirov "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlarda ishlaganmi?

Yana statistikaga murojaat qilamiz. 2015 yilgi futbol mavsumida Qodirov oliy ligada jami 14ta o'yinda hakamlik qilgan. U "Nasaf" ishtirokidagi uchta o'yinni boshqargan. Qarshiliklar uyda "Metallurg"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, safarda aynan shu jamoani 1:0 hisobida yutishgan. "Nasaf"ning "Metallurg"ga qarshi ikkala o'yinini ham Qodirov boshqarib borgan. Bundan tashqari yana bir uchrashuvda "Nasaf" o'z maydonida "SHo'rtan"dan 3:1 ustun kelgan.

2015 yil Zokir Qodirov "Paxtakor"ning faqat bitta o'yinida ishlagan. Bunda "Paxtakor" safarda "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan.


Qizig'i shundaki, "Nasaf" o'tgan yil o'z maydonida "Paxtakor"ni yutgan bahsda aynan Zokir Qodirov hakamlik qilgan.



"Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi oxirgi beshta o'yin qanday kechgan?

Ko'p uzoqqa bormasdan oxirgi beshta o'yinni oladigan bo'lsak, shundan uchtasida "Paxtakor"ning qo'li baland kelgan. "Nasaf" esa faqat bir marta g'alabaga erishgan. Qizig'i shundaki, "Nasaf" o'tgan yil o'z maydonida "Paxtakor"ni yutgan bahsda aynan Zokir Qodirov hakamlik qilgan. SHuningdek, bitta uchrashuvda tomonlar durang qayd etishgan.

Quyida o'zaro oxirgi beshta o'yin malumotlarini keltirib o'tamiz.

Oliy liga, 14-tur. 26.06.2015
PAXTAKOR - NASAF - 3:1
Hakam: Ravshan Ermatov
Gollar: 1:0 - Adnan Oraxovac, 2:0 - Igor Sergeev, 3:0 - Igor Sergeev, 3:1 - Ilhom SHomurodov.

Oliy liga, 29-tur. 04.11.2015
NASAF - PAXTAKOR - 0:1
Hakam: Ravshan Ermatov
Gol: Kamoliddin Tojiev

Oliy liga, 4-tur. 11.04.2016
PAXTAKOR - NASAF - 1:1
Hakam:
Ilgiz Tantashev
Gollar: 1:0 - Kamoliddin Tojiev, 1:1 - Bobir Abduxoliqov.
CHetlatish: Javohir Sohibov (81)

Oliy liga, 19-tur. 19.08.2016
NASAF - PAXTAKOR - 2:1
Hakam:
Zokir Qodirov
Gollar: 0:1 - Jamshid Iskanderov, 1:1 - Igor Golban, 2:1 - Dragan CHeran.
CHetlatish: Javohir Sohibov (39)

Oliy liga, 14-tur. 19.06.2017
PAXTAKOR - NASAF - 2:1
Hakam:
Valentin Kovalenko
Gollar: 1:0 - Igor Sergeev, 2:0 - SHerzod Karimov, 2:1 - Farrux Sayfiev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика