So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:1 (матнли трансляция)  4 19:55"Бунёдкор" — "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:50Мозийга қайтиб... Эркаклар йиғлаганда...  1 18:25"Сўғдиёна" — "Металлург". Таркиблар маълум  1 18:08"Пахтакор-79" авиаҳалокатининг янги тафсилотлари  0 17:38"Барса" Рокени ижарага бермоқчи. Форвард ёки қолмоқчи, ёки тўлақонли трансферни хоҳламоқда  4 17:24"Отам СССР миллий терма жамоаси сафида АҚШ сафаридан қайтганида, отамни оиламиз билан аэропортда кутиб олган эдик. Ўша воқеани яхши эслайман" – афсонавий Михаил Аннинг ўғли Дмитрий Ан билан интервью  6 16:44"Ювентус" Копмейнерснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда Николас Гонсалес ва Галено билан шартнома имзолаши мумкин  1 16:16Ҳожиакбар Алижонов: "Пахтакор-79"га бўлган халқнинг муҳаббати абадийдир"  10 15:51"Барселона" "Реал" билан Александер-Арнольд учун курашиши мумкин  4 15:25“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 15:08Сидиқовнинг голи ҳал қилган "Насаф" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 14:57"Пахтакор-79" хотираси ёдга олинди  1 14:32Ўзимизнинг карикатура. Қалбларда мангу яшайсиз  3 13:57"Қизилқум" клуби 1979 йилги фожиада ҳалок бўлган "Пахтакор"нинг навоийлик ўйинчиси қабрини зиёрат қилишди  5

"NASAF" - O'ZBEKISTON SUPERKUBOGI-2016 SOHIBI! Yangiliklar

"NASAF" - O'ZBEKISTON SUPERKUBOGI-2016 SOHIBI!

O'zbekiston Superkubogi o'yinida Qarshining "Nasaf" jamoasi "Paxtakor" klubi bilan bellashadi.


                                           YANGILASH



- Biz esa shu joyda uchrashuvdan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ldi. Etiboringiz uchun tashakkur!


- Endi "Nasaf" jamoasini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Bugun podium bor!)


- Butun stadion, ha-ha butun stadion "Nasaf" deya olqishlamoqda!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Nasaf" - O'zbekiston Superkubogi-2016 sohibi! "Nasaf" muxlislarini tabriklaymiz!

 

90+3` XAVFLI VAZIYAT!!! Jamshid Boltaboevning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini ushlashda Quvvatov qo'pol xato qildi. Lekin "Paxtakor" futbolchisi SHerzod Karimov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi...


90+1` "Paxtakor" katta kuch bilan oldinga bormoqda...


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` Stadion suhandoni O'zbekiston - Iroq o'yinida gol urilganini malum qilingani bilanoq stadion "portladi"!! OLG'A O'ZBEKISTON! OLG'A FUTZALCHILARIMIZ! Rahmatov gol muallifi bo'lgan ekan.


88` Rahmatullaev-Gevorkyan-Allaniyozov tashkil etgan hujumni hozirgina maydonga tushgan futbolchi samarali yakunlay olmadi. Azamat Allaniyozov tepgan to'p darvoza to'sini oldiginasidan o'tib ketdi...


85` "Nasaf" o'yinni o'z maydonchasi oldidan uzoqlashtirmoqda.


83` "Nasaf"da o'zgarish: Bobir Abduxoliqov o'rniga Azamat Allaniyozov maydonga tushdi.


82` "Paxtakor" hujumlarini keskinlashtirmoqda.


82` Burchak zarbasidan so'ng Berdiev boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo Quvvatov osonlik bilan to'pga egalik qildi.


81` Xavfli vaziyat!!!! Suhrob Berdievning kuchli zarbasini Quvvatov ushlab olishga harakat qildi, ammo darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. So'nggi pallada himoyachi yaxshi o'ynadi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.


80` "Paxtakor"da o'zgarish: Jamshid Iskanderov o'rniga Vladimir Kozak maydonga tushdi.


79` Erikn Boydullaev raqibiga nisbatan maydon markazida qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. O'zi ham bu vaziyat biroz shikastlangan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.


77` "Nasaf" tarkibida o'zgarish. Jarohati bois o'yinni davom ettirolmagan Azamov o'rnini Aziz G'anievga bo'shatib berdi.


76` Bugungi uchrashuvga 4748 nafar tomoshabin kelgani rasman malum bo'ldi. Stadion suhandoni hozir shu haqda malumot berdi.


75` Artur Gevorkyan tepgan to'p jonli-devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pga esa Rahmatullaev zarba yo'lladi. Uning zarbasi ham himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi.


74` Javohir Sohibov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi. Jarima zarbasi. To'p oldida Gevorkyan.


73` Saydullo Rahmatovning texnikasi ancha yuqori ekanligini ko'rinib turibdi. CHap qanotdan raqib tomon uyushtirayotgan reydlari orqali Davron Hoshimovni ancha ter to'ktirmoqda. Birinchi bo'limda ham Gevorkyanga aynan shu futbolchi assistentlik qilgandi.


72` SHerzod Azamov maydonga qaytdi.


69` SHerzod Azamov jarohat olgan ko'rinadi. Azamovga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.


67` Igor Sergeev uzoqdan darvozani nishonga olishni o'yladi va zarba yo'lladi. Sanjar Quvvatov to'pni qaytarib yubordi. Keyinchalik esa Azamov vaziyatni yumshatdi.


65` "Nasaf" yana tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi. Ketma-ket hujumlar. Burchak zarbasini amalga oshirgan "ajdarlar" standart vaziyatidan unumli foydalana olishmadi. Birinchi safargisida Bobir Abduxoliqov offsaydda qolib ketgandi.


63` "Nasaf"ning o'ng qanoti bugun "Paxtakor"ni qiynab qo'ymoqda. Artur Gevorkyan va SHuhrat Muhammadiev Andreevga etarlicha bosh og'riq bo'lmoqda.


61` "Paxtakor" vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga intilmoqda. Lekin hujumlari keskin tus olmayapti. "Nasaf" himoyachilari ham ancha tartibli va ishonchli o'ynashmoqda.


60` Ribkin hozir to'p bilan harakat qildi va o'z jamoasi muxlislarini biroz qo'rqitdi. Sal qolsa Artur Gevorkyan to'pni undan olib qo'ygan bo'lardi...


58` "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi. Gevorkyanning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini raqib himoyachilari qaytarib yuborishdi.


57` "Paxtakor" safida o'zgarish: Jaloliddin Masharipov o'rniga Suhrob  Berdiev maydonga chiqarildi.


55` Saydullo Rahmatov raqibiga nisbatan qoidani buzgani uchun ogohlantirildi.


54` SHerzod Azamov himoyada jonbozlik ko'rsatmoqda va raqib hujumlarini qaytarib yubormoqda. "Paxtakor"da so'nggi zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmayapti...


52` Jamshid Boltaboev raqib himoyachilarini aldab jarima maydonchasi ichiga kirib bormoqchi bo'ldi. Lekin o'zidan to'pni uzoqlashtirib yuborgani bois Quvvatov xavfni bartaraf etdi.


50` "Nasaf" darvozaboni Quvvatov burchak zarbadan so'ng to'pni egallab oldi. "Paxtakor" bugun standart vaziyatlaridan unumli foydalana olmayapti.


48` "Paxtakor" hujumga o'tayotgan bir pallada Igor Sergeev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


46` "Paxtakor"da o'zgarish ruy berdi: Akbar Ismatullaev o'rniga Javohir Sohibov maydonga tushdi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



Birinchi taym qahramoni - Artur Golurarkyan!


- Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! Hozircha "Nasaf" kichik hisobda oldinda bormoqda.


45` Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


44` "Nasaf" himoyalanmoqda. "Paxtakor"ning hujumni kuchartirmoqda. SHerzod Karimovning zarbasini Quvvatov qaytarib yubordi.


43` "Nasaf"ga kelgan ikki nafar yangi futbolchi Dilshod Rahmatullaev va Saydullo Rahmatov hozircha o'zlarini yaxshi taraflama ko'rsatishmoqda.


42` "Paxtakor" hujum qilishga harakat qilmoqda. Ammo "Nasaf" futbolchilari ularga bu borada imkoniyat berishmayapti.


40` "Nasaf" bu golga loyiq edi. So'nggi 15 daqiqada "Paxtakor"ni o'z maydonchasi atrofiga "qamab" qo'ygan "ajdarlar" nihoyat o'z maqsadlariga erishishdi.


39` GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL! ARTUR!!!!!!!! GOLURARKYANNNNNN!!!!!!!!!!!!!!!!! "Nasaf"ning hujumini chap qanotdan Saydullo Rahmatov rivojlantirdi va to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi. O'ng qanotdan yorib kirgan Artur Gevorkyan to'pni darvozaning narigi burchagiga joylab qo'ydi - 1:0.


37` O'tayotgan daqiqalarda "Nasaf" "Paxtakor"ni to'psiz yugurtirmoqda...


35` "Nasaf" bosimni oshirmoqda. "Paxtakor" esa himoyada o'ynamoqda. "SHerlar" muxlislari o'z jamoalarini jonlanishini so'rab olqishlashmoqda.


33` Xavfli vaziyat!!!! Artur Gevorkyanning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni SHuhrat Muhammadiev jarima maydonchasi oldidan kuchli zarbasi bilan darvozaga yo'naltirdi. NIKITA RIBKIN vaziyat qahramoni!


32` Artur Gevorkyan SHomurodovni qanotdan hujumga chorladi. SHomurodovdan to'pni olib qo'ygan Tojiev xato o'ynadi va to'pni tezda oldirib qo'ydi. Ammo keyingi harakatda Ilhom SHomurodovni to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.



Media-tribunadan olingan surat. "Nasaf" ishqibozlari juda faol tarzda jamoalarini qo'llab-quvvatlashmoqda


29` SHerzod Karimov oddiy vaziyatda Hoshimovga to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.


28` Uzoq davom etgan hujumni Bahrom Abduraximov samarali yakunlay olmadi. Abduraximovning yo'llagan zarbasi Ribkin uchun muammo tug'dirmadi.


27` To'p nazorati to'liq "Nasaf" jamoasi qo'liga o'tdi.


24` Dilshod Rahmatullaev!!!! Bu futbolchi bugun faol. Maydon markazida Akbar Ismatullaevdan to'pni olib qo'ydi uzoqdan darvozani ko'zladi. Ribkin mushtlari bilan to'pni qaytarib yubordi.


23` Artur Gevorkyan qanotda Andreevdan to'pni olib qo'ydi va Abduxoliqovni pas bilan taminladi. Bobirning jarima maydonchasi ichiga erlatib uzatib bergan to'piga sheriga etib kela olmadi. Bobir Abduxoliqov barchasini yaxshi o'ylagandi.


21` Jaloliddin Masharipov Azamovga nisbatan hujumda qoidani buzdi.


20` Ushbu o'yin jamoalarning dastlabki uchrashuvi bo'lgani bois ularning ko'plab o'ylagan rejalari ish bermayapti. O'yin ritmiga tushib olishda har ikkala jamoa qiynalmoqda.


19` "Nasaf" so'nggi daqiqalarda uchrashuvdagi tashabbusni o'z tomoniga og'dirib olgandek. To'p bilan asosan "ajdarlar" muomulada bo'lishmoqda.


17` SHuhrat Muhammadiev to'p uchun kurashda Igor Sergeevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Sergeevga Ermatovga qaramoqda. Igor, hech narsa bo'lgani yo'qku. Ermatov uning fikriga etibor ham qaratmadi.


15` Stadionga taxminan 5 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan.


14` Azim Ahmedov markaziy himoyachi rolida o'ynamoqda. Jamshid Boltaboev va Ismatullaev tayanch zonasida harakat qilishmoqda.


13` Yana Dilshod Rahmatullaev va na uzoqdan zarba. Yana noaniq. Keyingi vaziyatda Bobir Abduxoliqov uzoqdan o'z zarbasini sinab ko'rdi. Bu futbolchi ham mo'ljalda adashdi.


12` Azim Ahmedovni to'pni maydonda saqlab qola bilmadi. "Nasaf" burchak zarbasini amalga oshiradi.


11` Nikita Ribkin qo'riqlayotgan darvoza tomon ikkinchi zarbani ham Dilshod Rahmatullaev yo'lladi. Burchak to'pidan so'ng Rahmatullaev boshi bilan darvozani ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Ammo noaniq.


10` "Nasaf" burchak zarbasi ishlabi oldi.


8` O'yin tizgini "Paxtakor" qo'lida. Ular hozircha bor etiborlarini hujum qilishga qaratishmoqda.


7` Ilhom SHomurodov "Nasaf"ning ilk hujumini tashkil etishda ishtirok etdi. Dilshod Rahmatullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi.


6` Xavfli vaziyat!!! "Nasaf" himoyadan chiqib keta olmayapti. Azim Ahmedovga yaxshi vaziyat bo'lgandi. Biroq Ahmedov to'pni qabul qilib olishda vaqtni o'tkazib yubordi va zarbasi noaniq ketdi.


4` Xavfli vaziyat! Igor Sergeev boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo uning zarbasi aniq chiqmadi.


3` Stanislav Andreev jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pni "Nasaf" himoyachilari bartaraf
etishdi. "Paxtakor" hujumni davom ettirmoqda.


2` Bahrom Abduraximov Davron Hoshimovni maydon markazi oldida yiqitdi. Abduraximovga Ravshan Ermatov sariq kartochka ko'rsatdi.


- Uchrashuv boshlandi! Har ikkala jamoaga omad tilaymiz!


- "Nasaf" oq libosda, "Paxtakor" sariq rangli formada bugungi o'yinda ishtirok etishadi.


- Diqqat qilamiz! Jamoalar PFL madhiyalari sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Stadionda "Nasaf" muxlislari ko'pchilikni tashkil etmoqda. "Paxtakor"dan ham ishqibozlar yo'q emas. "SHerlar"ning sanoqli ishqibozlari ham stadion tribnalaridan joy olishgan. Stadion esa "Nasaf", "Nasaf", - deya qichqirmoqda.


- Bugun o'zbek futbol muxlislari ikkiga bo'linishadi. Kimdir O'zbekiston superkubogini tanlasa, yana kimdir Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining mundial chiptasi yo'lidagi Iroqqa qarshi uchrashuvini tomosha qilishni afzal ko'rishadi. Media-tribunada ham jurnalistlar juda kam. Ko'pchilik Futzalga ketgan shekilli. Biz O'zbekiston terma jamoasiga omad tilagan holda O'zbekiston Superkubogini tomosha qilamiz. Uchrashuvni yakunlagach Xudo xohlasa O'zbekiston sport majmuasiga mundial "chiptasi"ni ko'rgani ketamiz...


- Jamoalar o'yin oldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

- Ro'ziqul Berdiev bugungi o'yinda Sanjar Quvvatovga ishonch bildirdi. SHuningdek, bugun Dilshod Rahmatullaev, Saydlullo Rahmatov ham "ajdarlar" safida debyut o'tkazishadi. "Paxtakor"dan esa Azim Ahmedov bugun asosiy tarkibda o'z debyutini nishonlaydi.


- Demak stadiondan gapiramiz! Hozirgina uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomi malum bo'ldi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi. Unda o'tgan mavsumda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan "Paxtakor" jamoasi O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi "Nasaf"ga qarshi saf tortadi. Biz ushbu o'yindan matnli onlayn translyaciya uyushtiramiz. Uchrashuvni Siz aziz muxlislar uchun kamina SHahboz Beg'amov sharhlab boradi.


O'zbekiston Superkubogi-2016.

"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
17 fevral 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 15:00.
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi Toshkent)
To'rtinchi hakam: SHerzod Qosimov (Toshkent)
Nazoratchi: Bulat Galeev (Urganch)

Gol: Artur Gevorkyan (39)

"Nasaf": Sanjar Quvvatov,  Maqsud Karimov, SHerzod Azamov (Aziz G'aniev, 77), SHuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatov, Erkin Boydullaev, Dilshod Rahmatullaev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abraximov, Bobir Abduxoliqov (Azamat Allaniyozov, 83), Ilhom SHomurodov.

"Paxtakor":  Nikita Ribkin, Davron Hoshimov, Jamshid Boltaboev, Kamoliddin Tojiev, Akbar Ismatullaev (Javohir Sohibov, 46), Azim Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov (Suhrob Berdiev, 57), Stanislav Andreev, Igor Sergeev, SHerzod Karimov.

Ogohlantirishlar: Bahrom Abduraximov (2), Saydullo Rahmatov (55), Boydullaev (79)

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика