“Nasaf” o'zaro o'yinlar tarixida “Metallurg” darvozasiga 70-golini kiritdi
31 mar 2018 00:20
Yangiliklar


“Nasaf” o'zaro o'yinlar tarixida “Metallurg” darvozasiga 70-golini kiritdi
Superliganing 4-turida “Nasaf” Qarshida “Metallurg” (1:1) qarshiligini engga olmadi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida qarshiliklar yarim himoyachisi Aziz G'aniev bekobodliklar darvozasiga to'p kiritib hisobni ochdi. Ushbu gol mazkur jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixida “Nasaf”ning “Metallurg” darvozasiga kiritgan 70-goli sifatida qayd etildi.
Yana bir qiziq fakt: Superliga murabbiylari eng uzoq vaqt mobaynida o'z jamoasini boshqarib kelayotgan “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev bugun milliy chempionat doirasida 155-uchrashuvda jamoasini maydonga boshlab tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar