So’nggi yangiliklar

14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  1 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  1 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  10 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  19 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5

"Nasaf" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazdi Yangiliklar

"Nasaf" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazdi

Oliy liganing 9-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Metallurg" o'yinining matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Oliy liga, 9-tur.

Nasaf (Qarshi) – Metallurg (Bekobod) 0:1

15 may. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:00.

Gol: Ayubxon Nomanov (5)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), V. Lushin (Guliston), R. Nugmanov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi
: A. Popov (Toshkent).

"Nasaf": 30.O'tkir Yusupov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev (15. Roy Rok, 46), 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abduraximov, 20.Erkin Baydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 27.Ilhom Yunusov (16. Alisher Yusupov, 80), 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev (9. Ilhom SHomurodov, 55).

"Metallurg": 91. Zafar Safaev, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov, 7.Doniyor Odilov (77. Saidjon Abdujabborov, 82), 8.Ayubxon Nomanov, 9.SHahzodbek Nurmatov (55. Zohid Abdullaev, 88), 13.Aleksandr Kovalyov, 14.Davronbek Karimqulov, 19.Ruslan Vagapov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov.

Ogohlantirishlar: M. Karimov (19), A. Gevorkyan (76) – D. Karimov (12), A. Nomanov (58), M. Suleymanov (76).


                               MATNLI TRANSLYACIYA

                                         YANGILASH



- "Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha.


- Bekobodning "Metallurg" jamoasi Qarshidan muhim g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.


- O'YIN TUGADI!


90`
"Metallurg" futbolchilari maydonda yotishibdi. Qo'shib berilgan daqiqalar esa o'tib bormoqda.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
O'zgarish. "Metallurg". SHahzodbek Nurmatov o'rniga Zohid Abdullaev tushirildi.


88`
"Metallurg" o'yinni o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishga erishdi.


87` Xavfli vaziyat!
SHuhrat Muhammadievda qulay vaziyat! Ammo zarba kuchsiz chiqdi. "Metallurg" juda tartibli himoyalanmoqda.


85` Xavfli vaziyat!!!!
Ilhom SHomurodov o'z uslubida! Bir metr masofadan hujumchi to'pni darvozaga joylab qo'ya olmadi! Kamiga Artur Gevorkyan ham qaytgan to'pga aniq zarba bera olmadi.


84`
SHahzodbek Nurmatovning ko'rsatayotgan o'yini tahsinga sazovor. Futbolchi maydon markazida himoyachilarni shunchaki aldab yuribdi. Qoyil.


82`
O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Odilov o'rniga Saidjon Abdujabborov tushdi.


80`
O'zgarish. "Nasaf". Ilhom Yunusov o'rniga Alisher Yusupov maydonga tushdi.


78`
SHahzodbek Nurmatov "Nasaf" himoyachilaridan qochib ketayotgan bir paytda uni yiqitishdi. Lekin hakam bu vaziyatda penalti belgilashga jazm etmadi. Agarda o'yin qoidasi buzilmagan bo'lsa, unda nega simulyaciya uchun ogohlantirish yo'q?


76`
Artur Gevorkyan va SHohruh Gadoev hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Aslida Dilmurod Karimov maydon markazida o'yin qoidasini buzgandi. Lekin jablanuvchi Artur Gevorkyanga ogohlantirish ko'rsatildi. Kamiga SHohruh Gadoev ham sariq kartochka bilan siylandi. Dilmurod Karimovda sariq kartochka bor edi va bu vaziyatda Zokir Qodirov mehmonlar azosini ayadi. Tushunarsiz qaror ochig'i.


75`
"Metallurg" himoyaga yotib olishni istamayapti. Ular ham hujumkorlikni oshirishmoqda. O'tkir Yusupov bu vaziyatda yaxshi harakat qildi.


73`
Ilhom SHomurodov hujumda raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzdi deb topdi bosh hakam.


70`
"Nasaf" yana hujum qildi. Bu safar to'pga chiqishda Zafar Safaev xatoga yo'l qo'ydi. Sal bo'lmasa Artur Gevorkyan bu vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin edi. Biroq Gevorkyan o'tkir burchak ostida turgani sababli ushbu vaziyatdan foydalana olmadi.


69`
Stadionga o'yinni kuzatish uchun 3460 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.


68`
Ilhom SHomurodov maydonga tushganidan buyon ko'rinayotgani yo'q.


67`
"Metallurg" darvozaboni Zafar Safaev maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Bu esa mahalliy muxlislarga yoqmayapti.


66`
"Nasaf" hujumlar yomg'irini boshladi. "Metallurg" esa himoyada hozircha bexato o'ynamoqda.


65` Xavfli vaziyat! SHohruh Gadoev! Artur Gevorkyanning pasidan keyin Gadoev darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Birozgina noaniq.



63`
GOOOOOL! SHohruh Gadoevning goli o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. Erkin Baydullaevning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni darvozaga kiritib qo'ygan SHohruh Gadoev esa offsaydda qolib ketgan deb topildi.


61`
"Metallurg"ning hujumi. SHahzodbek Nurmatovning darvoza tomon tepgan to'pi biroz noaniq ketdi.


60`
Keyingi hujumda Bahrom Abduraximov ishonchni oqlay olmadi. Uning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


58` Xavfli vaziyat!!!!!!!!! Hamza Karimov! Maqsud Karimov!
"Nasaf" gol urish uchun chinakamiga yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Burchakdan oshirib berilgan to'pni avvaliga Hamza Karimov boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Safaev bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirgandi. Qaytgan to'pni esa boshqa bir markaziy himoyachi Maqsud Karimov bo'sh qolgan darvozaga kirita olmadi. Uning tepgan zarbasi yon chiziqda turgan qanot hakami oldiga bordi.


57`
"Nasaf" futbolchilari shoshishmoqda. Vaqt esa o'tib bormoqda.


55`
O'zgarish. "Nasaf" jamoasi tarkibida harakat qilgan Farruh Sayfiev o'rniga hujumi Ilhom SHomurodov maydonga tushirildi.


53`
Gadoevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujum offsayd tufayli to'xtb qoldi. Artur Gevorkyan o'yindan tashqari holatda edi.


52`
"Metallurg" darvozasi oldida haqiqiy golga tortadigan vaziyatlar tashkil etilmayapti. To'p asosan mezbonlarda. Lekin hujumda ularga bekobodliklar erkin harakat qilishlariga imkoniyat berishmayapti.


49`
"Nasaf" safida so'nggi zarbani beradigan futbolchi ko'rinmayapti.


48`
"Nasaf" hujumkorlikni oshirmoqda. SHohruh Gadoev hamda Farruh Sayfievlar qanotlar orqali hujumlar tashkil etishmoqda.


47`
SHohurh Gadoev jamoasining hujumi paytida o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi.


46
` "Nasaf" safida o'zgarish kuzatildi. Botir Qoraev o'rniga Roy Rok maydonga chiqdi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi taym tugadi. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


44`
Ilhom Yunusovning kuchli zarbasi darvozaga aniq bormadi. Kuchli, xavfli zarba. Lekin bu "Nasaf"ga naf keltirmadi.


43`
"Metallurg" yaxshi himoyalanmoqda. "Nasaf" ularni himoyasini yorib o'tishda muammoga duch kelmoqda.


41`
Hozircha turning eng zerikarli o'yinlaridan biri aynan Qarshida kechmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Birinchi taymdagi futbol shunday deyishimizga sabab bo'lmoqda.


39`
"Metallurg" pozicion hujumga o'tdi. "Nasaf" ularga bu borada ham imkon berib qo'ymoqda.


37`
"Metallurg" hujumga o'tishga shoshilmayapti. Ular endi asosan qarshi hujumga tayanib o'ynashadi. Asosiysi to'p o'tkazib yubormaslik degan maqsadda o'ynashmoqda bekobodliklar. Sababi tablodagi hisob ularni to'la qoniqtiradi.


36`
"Nasaf"ning chap qanot orqali tashkil etgan hujumini yakunlab qo'yadigan futbolchi topilmadi.


34`
O'yin surati past.


32`
SHohruh Gadoev - Ilhom Yunusov - Artur Gevorkyan kombinaciyasidan so'ngi Gevorkyan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq.


30`
Artur Gevorkyanning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.


28`
"Nasaf"ning navbatdagi hujumini Sayfiev o'zining ajabtovur qarori bilan buzib qo'ydi.


27` Xavfli vaziyat!
Artur Gevorkyan tomonidan oshirib berilgan to'pga Hamza Karimov boshi bilan zarba berdi. Birozgina noaniq.


26`
"Nasaf" asta-sekin o'ziga kelmoqda. Jamoa hujumlar sonini oshirmoqda.


24`
Burchak zarbasi mezbonlarga samara keltirmadi. Keyingi vaziyatda SHohruh Gadoev Farruh Sayfievni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Sayfiev esa zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi.


23` Nihoyat ilk aniq zarba! Ilhom Yunusov!
SHohruh Gadoev to'pni Farruh Sayfievga oshirdi, Farruh esa Ilhom Yunusovning zarba berishiga yaxshi sharoit yaratib berdi. Yunusovning kuchli zarbasini esa Safaev bartaraf etdi. Burchak zarbasi.


21`
Hozirgacha bo'lgan daqiqani tahlil qiladigan bo'lsak, "Metallurg" ancha yaxshiroq ko'rinmoqda. Ularning hujumlari ham dadil, ham xavfliroq chiqmoqda. "Nasaf" futbolchilari esa haligacha birorta aniq zarba berishgani yo'q.


20`
Dilmurod Karimov jarima zarbasidan juda kuchli zarba yo'lladi. O'tkir Yusupov o'ziga kelgan to'pni qaytarib yubordi.


19`
Maqsud Karimov SHahzodbek Nurmatovni hujumda ushlab qoldi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan siylandi. Jarima zarbasi.


17`
"Metallurg" darvozasi tomon ilk zarba. Artur Gevorkyanning bu galgi urinishi besamar ketdi.


16`
"Nasaf"ning hujumkor o'yinidan asar ham yo'q desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoa OCHLda himoyaviy o'yin ko'rsatib, hujumdagi ijodkorlikni biroz unutayozibdi. Oliy ligada hujumkor "Nasaf" kuchliroq o'ynardi. Ro'ziqul Berdiev o'sha jamoani yana qaytarishi talab etiladi.


14`
"Nasaf"ning oldingi chiziqda ishlari besh emas. Jamoada hujumchi yo'qligi pand bermoqda.


13`
Dilmurod Karimovga sariq kartochka ko'rsatildi. "Metallurg" futbolchisi maydon markazida Ilhom Yunusovga qarshi qo'pollik ishlatdi.


11`
"Metallurg" himoyachilari raqibning standart vaziyatidan sodir etgan hujumini bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. 


10`
"Nasaf" futbolchilari burchak zarbasi ishlab olishdi.


9`
O'yin tempi u qadar yuqori emas. "Nasaf"ning o'yiniga tezkorlik etishmayotgandek. Mehmonlar esa asosan raqibni qarshi hujumda ushlashga harakat qilishmoqda.


7`
"Nasaf"ning o'yini chiqmayapti. "Ajdarlar" raqib darvozasi oldida hech qanday xavf sodir eta olishmayapti. "Metallurg"ning hujumlari esa keskinligi bilan ajralib turibdi.


5` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ayubxon Nomanov!
Ana senga hujum va mana senga gol dedi bekobodlik futbolchilar. Botir Qoraevning himoyadagi xatosidan so'ng "Metallurg" futbolchilari raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Murodjon Toshmatovning urinishi bartaraf etgan O'tkir Yusupov, qaytgan to'pga zarba bergan Ayubxon Nomanovning zarbasiga qarshilik qila olmadi. Hisob ochildi.


4`
"Nasaf" to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. Lekin hali hujumlargacha navbat kelgani yo'q. Hozircha asosiy kurash maydon markazida kechmoqda.


3`
"Metallurg" futbolchilari juda keskin harakat qilishmoqda. Endi Murodjon Toshmatov maydon markazida SHuhrat Muhammadievga nisbatan qo'pol o'ynadi.


2` O'yinni dastlabki daqiqasidayoq Botir Qoraev raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Qoraevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!



- O'yinni maydon markazidan "Metallurg" futbolchilari boshlab berishadi.


- "Nasaf" bugungi o'yinda ko'k rangli libosda, "Metallurg" sariq formada o'ynaydi.


- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni davom ettirishmoqda. Stadionga muxlislar tashrifi yuqori emas. Hozircha stadionga 2 mingdan oshiqroq tomoshabinlar kelib ulgurishgan. O'yin boshlanishiga esa yarim soatdan sal kamroq vaqt qoldi.


- "Metallurg" tarkibida o'zgarishlar deyarli yo'q. Rustam Mirsodiqov o'zining optimal tarkibini maydonga tashlagan.


- Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi. "Nasaf" tarkibida bir qator o'zgarishlarga ko'zimiz tushishi mumkin. Ro'ziqul Berdiev bugun Artur Gevorkyandan hujumchi sifatida foydalanishga qaror qilgan. Ilhom SHomurodov zaxirada qoldirildi. Jarohat tufayli bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan SHuhrat Muhammadiev safga qaytgan. "Ajdarlar"ning asosiy posboni Eldor Suyunovga ham bugun dam berilgan. Uning o'rniga istedodli posbon O'tkir Yusupov darvozani qo'riqlaydigan bo'ldi. SHuningdek jamoaning asosiy himoyachisiga aylangan Roy Rok ham asosiy tarkibga kiritilmagan. Botir Qoraev bugun uning o'rnini bilintirmaslikka urinib ko'radi. SHerzod Azamov ham bugungi o'yinni zaxirada boshlaydi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика