"Nasaf": Odiljon Hamrobekovni tabriklaymiz!
13 fev 2018 08:44
Yangiliklar
"Nasaf": Odiljon Hamrobekovni tabriklaymiz!
“Nasaf” futbol maktabidan etishib chiqqan futbolchimiz, nafaqat klubimiz shanini himoya qilayapti, balki terma jamoamiz safida ham to'p tepib, yurtimiz shanini munosib himoya qilmoqda. Xabaringiz bor, yaqinda u U-23 terma jamoamiz safida chempionlikni qo'lga kiritdi va bu chempionatning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etildi.
Bugun Odiljon o'z tug'ilgan kunini Vatanidan olisda nishonlamoqda. SHuningdek bugun u yana bir masuliyatli o'yinda maydonga ham tushadi. Umid qilamizki, jamoadoshlari bugun unga “G'ALABA” sovg'asini taqdim etishadi.
Klubimiz rahbariyati nomidan, murabbiylar va futbolchilarimiz, hamda klubimiz jamoasi nomidan, shuningdek ming-minglab futbol ishqibozlari nomidan, Odiljonni tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Unga mustahkam sihat salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Ishonamizki, bu futbolchimiz hali ko'p yillar, o'z o'yini bilan o'zbek futbol ishqibozlarini xursand qiladi.
Odiljon, tug'ilgan kun muborak bo'lsin!
"Nasaf" PFK jamoasi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar