So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

"Nasaf" OCHLdagi axborot hamkorlik uchun "Championat.asia"ni taqdirladi Yangiliklar

"Nasaf" OCHLdagi axborot hamkorlik uchun "Championat.asia"ni taqdirladi

Kecha "Nasaf" klubi bosh menejeri SHamil Yarulin OCHL davomida klubni yoritib borganligi uchun "CA" jamoasiga klub tomonidan esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Qarshidagi "Markaziy" stadionida loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev va klub bosh menejeri SHamil Yarulin o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida, hududda OAVga bo'lgan munosabatni oshirish, Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilayotgan klublar, "Nasaf", "SHo'rtan" va "Mashal" jamoalarga etiborni yanada oshirish borasida takliflar ko'rib chiqildi.

Undan tashqari, bolalar futboli borasida ayrim loyihalar o'rtasida hamkorlik qilish kelishib olindi. 

"Championat.asia" sayti OCHL o'yinlarini barchasini Qarshidan turib yoritganligi uchun klub o'z muzeyidagi billur sovrinni esdalik uchun taxririyatga sovg'a qildi.

O'z navbatida OCHL o'yinlarini yoritishimiz uchun sharoit yaratib berganligi uchun "Nasaf" matbuot kotibi Aziz Nuriy, fotomuxbir Sardor Nurov va marketing bo'limi boshlig'i Zahro Karimovaga saytimiz nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика