So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0

"Nasaf" nega chempion bo'la olmaydi? Yangiliklar

"Nasaf" nega chempion bo'la olmaydi?

Qarshining "Nasaf" klubi kecha Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasida Eronning "Persepolis" klubi bilan o'z maydonida 0:0 o'ynadi.

Avvalo o'yin uchun "Nasaf" futbolchilariga rahmat aytamiz. Maydon egalari kecha qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Ammo "Persepolis"ning zich himoyasini yoritib o'tish imkoni bo'lmadi. O'yin tomonlama "Nasaf" quvnoqroq ko'ringani bilan raqib o'zining sovvuqqonligi tufayli gol urish imkonini bermadi. 

Kechagi durangdan keyin "Nasaf"ning bu safar ham guruhdan chiqa olmasligi oydinlashdi. OCHL guruh bahslarida to'rtinchi bor ishtirok etayotgan "Nasaf" avvalgi uchtasida bo'lgani kabi yana guruhdayoq o'z ishtirokini to'xtatadigan bo'ldi. Oxirgi uchrashuv qanday hisobda yakun topmasin, "Nasaf" baribir uchinchi o'rinda qoladi.

Malumot uchun, "Nasaf" 2012 yil o'z guruhida to'rtinchi, 2015 yil uchinchi va 2016 yilda ham to'rtinchi o'rin bilan kifoyalangandi. Afsuski, bu yilgi to'rtinchi ishtirok ham qoniqarsiz yakunlandi. Albatta, OCHLda o'ynash oson emas, guruhdan chiqish uchun ko'proq gol urish kerak bo'ladi. "Nasaf" beshta o'yinda atigi kkita gol urib, o'z darvozasidan 7ta to'p o'tkazib yubordi. Bunday ko'rsatkich bilan pley-offga umid qilib bo'lmaydi. 

"Nasaf"ning tarkibi yoshmi?

Ko'pchilik "Nasaf"ning hozirgi tarkibi yosh, bu bolalar o'ynab ketishi uchun vaqt kerak deydi. Albatta, tarkibda yoshlar ko'p. Lekin hammani yosh deb qarab o'tiraversak, ular katta bo'lgach xalqaro maydonda nimanidir yutib berishiga ishonsa bo'ladimi? Kechagi o'yinni olaylik, "Nasaf"ning boshlang'ich tarkibini hisoblab chiqqanimizda futbolchilarning o'rtacha yoshi 24,45 chiqdi. Buni yosh deysizmi yoki futbol o'ynash uchun normalmi, bu endi har kimning o'ziga havola. 

"Persepolis"ning o'rtacha yoshi 27,18 ekan. Farqi shuki, Eronda chempionat oxirlab boryapti va "Persepolis" chempion bo'lishga juda yaqin. Bizda esa Superliga endi boshlandi va "Nasaf"ning oxirgi turda "Metallurg" bilan ko'rsatgan o'yinini yodga oladigan bo'lsak, jamoaga chempionlik uchun hali bordek ko'zga tashlanadi. 

Qosimov va Berdievning farqi

"Nasaf" safarda umuman o'zini ko'rsata olmayapti. To'g'ri, oldinda oxirgi tur bor va BAAda "Al Vasl" bilan nima bo'lishini bilmaymiz. Lekin Eronda va Qatarda "Nasaf" ko'rsatgan o'yin OCHL saviyasida emasdi. SHu bois ham yirik hisoblar kuzatildi. "Nasaf" o'z uyida "Al Vasl" bilan "Al Sadd"ni mag'lub eta oldi. Mana shu o'yinlardan oldin "Nasaf"da o'ziga ishonch yuqori bo'ldi. 

Hatto "Al Sadd" Qarshiga kelganida ham Ro'ziqul Berdiev ortga yo'l yo'q, "Al Sadd"ni yutishimiz kerak deb ishonch bilan gapirdi. Lekin kechagi o'yindan oldin murabbiyning fikrlarini o'qir ekanmiz, qandaydir xavotir bordek sezildi. Berdiev bu safar ishonch bilan yutamiz demadi, balki "Persepolis"ning kuchli tomonlarini gapirib o'tdi.

Albatta, Berdiev ham qo'lidan kelgancha jamoani kuchaytirishga harakat qilyapti. Lekin nimagadir u kishining gaplarida g'oliblik ruhi sezilmaydi. Bu esa tabiiyki futbolchilarga ham tasir qiladi. CHunki bugungi kunda matbuotni hamma o'qiyapti. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ni qabul qilib olganida jamoa pastki o'rinda yurardi. Tarkibda yoshlar ko'p edi. SHunga qaramay Qosimov nima dedi? Hadeb futbolchilarni yosh deyavermanglar, orasida uylanishga tayyor turganlari nechta, yutqazsak bu bahona bo'lmasligi kerak degandi.

"Bunyodkor" to bir chiziqqa tushib olguncha biz tarkibni yosh deyaverdik, Qosimov esa bu gapni inkor qilishdan charchamadi. U murabbiy sifatida biz hali yoshmiz deb o'tirmasdan ishlash kerakligini futbolchilarning miyasiga quyishga harakat qildi. Berdievda esa taktika ayyorona. O'yinchilar yosh, tajriba kam deyaverib nafaqat hammani, balki futbolchilarni ham shunga o'rgatib qo'ygandek. Ishonmasangiz, "Nasaf" o'yinchilaridan so'rang, qani kimdir biz shu yil Superligani yutamiz deb ishonch bilan ayta olarmikan. 

Balki buning uchun Berdievni tanqid qilish kerak emasdir. CHunki rahbariyat tomonidan jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo'yilmagani bot-bot aytib kelinmoqda. Buni futbolchilar ham yaxshi biladi. Va eng qizig'i, "Nasaf" OCHLda guruhdan chiqa olmasa bu normal holatdek qabul qilinadi. CHunki jamoaning salohiyati bundan ortig'iga etmayapti. Berdiev aytganidek, hozirgi tarkib bundan ortig'iga qodir emas. Buni hamma boricha qabul qilishga o'rganib bo'ldi. SHu bois ham "Nasaf"ni tanqid qilishdan yiroqmiz. Agar bu jamoa o'rnida "Paxtakor" yo "Bunyodkor" bo'lganida bormi...

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика