So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  2 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  9 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  5 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan Yangiliklar

"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan

"Nasaf" bugun Oliy liganing 23-tur doirasida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi saf tortadi.


"Navbahor" jamoasi Qarshiga yaxshi maqsadlar ila tashrif buyurgani aniq. Biroq ularning maqsadlari jamoamizning rejalarini buzib qo'ymaydi. "Nasaf" o'z muxlislari qarshisida "Navbahor" qarshiligini engishga harakat qiladi. "Ajdarlar" hisobida hozirda 48 ochko mavjud va jamoamiz turnir jadvalida uchinchi pog'onani egallab turibdi. "Navbahor" esa Qarshi safarigacha 22 o'yinda maydonga tushib, 25 ochko egasiga aylanishgan va musobaqa jadvalida 11-pog'onada borishmoqda.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi haqida quyida xabar berib o'tgandik.

Barchaga malumki, "Nasaf" hamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi har qanday musobaqadagi o'yin qizg'in va keskin kurashlarga boy tarzda kechadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs principial ahamiyatga ega. Azaliy raqiblar to'qnashuvi jamoalarning turnir jadvalidagi mavqeidan qatiy nazar, muxlislarga shiddatkor futbolni taqdim etib berishi hech kimga sir emas.  


Yo'qotishlar

Bu o'yinda mehmonlar o'zlarining olti nafar futbolchilari xizmatidan foydalana olishmaydi. Alisher Samatov, Sanat SHixov, Dilshod Jabborov va SHahboz Erkinovning sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi bois o'yinni qo'yib yuborishadi. SHuningdek, "lochinlar" himoyachisi Qahramon Mahammadjonov qo'lini sindirib olganligi bois uchrashuvda qatnasha olmasa, yarim himoyachi Azim Ahmedov ham betobligi tufayli bu bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

"Nasaf" tarkibida ham bazi yo'qotishlar mavjud. Jamoamizning universal futbolchisi Farruh Sayfievning ogohlantirishlari soni to'rttaga etgani bois bu o'yinda "ajdarlar"ga ko'maklasha olmaydi. Jamoa markaziy himoyachisi Hamza Karimov ham jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q. O'tgan turda "Lokomotiv" bilan bo'lgan bellashuvda jarohati bezovta qilib almashtirilgan Azamat Allaniyazovning ahvoli yaxshi va "ajdarlar"ning ikkinchi davradagi eng yaxshi "snayperi" "lochinlar" bilan bo'ladigan bahsda maydonga tushishi mumkin.


O'tgan turdagi omadsizlik

O'tgan tur har ikkala jamoa uchun omadsiz bo'ldi. "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ga, jamoamiz esa safarda "Lokomotiv"ga kichik hisobda mag'lub bo'lishdi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamiz bu safar o'z muxlislarini xushnud etadi degan umiddamiz.

CHempionat o'zining hal qiluvchi, qizg'in pallasiga kirdi. Endi har bir ochko muhim ahamiyat kasb etadi.

"Nasaf" buyog'iga yuqori maqsadlar sari olg'a intilishda davom etadi.


Tarixiy golni kim uradi?

Jamoamizning hozirgi kungacha Oliy ligadagi kiritgan gollari soni 999taga etgan. Yubiley, 1000-golni katta ehtimol bilan "Nasaf" - "Navbahor" o'yinida ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Jamoamizning yubiley golini kim uradi degan savol ko'pchilikni qiziqtirayotgan bo'lsa ajab emas. Muxlislarimizni esa tarixiy voqeani o'z ko'zlari bilan ko'rishlari uchun bugun bo'lib o'tadigan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuviga chorlab qolamiz.

O'yin soat 18:30da, Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

"Nasaf" jamoasi har doim o'z suyukli muxlislarining qo'llab-quvvatlashlarini qadrlaydi va ularning ko'magini yuqori baholaydi.

Stadionda ajoyib muhit yaratilsa, futbolchilarimiz ham shunga monand chiroyli va shiddatli futbolni namoyish etib berishadi.

Barcha muxlislarni stadionda kutamiz!

OLG'A, "NASAF"!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика