“Nasaf” muxlislari Farg'onaga jo'nab ketishdi
23 may 2015 07:08
Yangiliklar


“Nasaf” muxlislari Farg'onaga jo'nab ketishdi
Ana shu uchrashuvda “Nasaf”ga dalda bo'lish uchun kecha ko'p sonli futbol ishqibozlari Farg'ona shahri tomon yo'lga chiqishdi.
SHu erda alohida takidlash joizki, “Nasaf”ning OCHLdagi deyarli barcha o'yinlarida Farg'onalik futbol ishqibozlari haqiqiy ishqibozlik qilishdi. Vodiylik muxlislar “Nasaf”ning safardagi va o'z maydonidagi uchrashuvlarga ham masofa juda uzoq bo'lsada, kelib tomosha qilishdi. Bu albatta tahsinga va ehtiromga sazovordir.
Ikkala viloyat muxlislarida allaqachon do'stlik rishtalari ham rivojlanib ketgan. SHuning uchun yo'l uzoq bo'lsa ham, vohalik muxlislar Farg'onaga futbolga, do'stlar huzuriga yo'l olishdi. Bu keyingi paytda anana tusiga kirib bormoqda.
Bugun esa, har ikkala jamoa muxlislari o'z seviklariga muxlislik qilishadi. Ularga omad tilab qolamiz!
Ziyodulla Safarov.

Fikrlar