So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Nasaf" murabbiyi: “Kelgusi mavsumdagi rejalarimiz haqida keyinroq batafsil gaplashamiz” Yangiliklar

"Nasaf" murabbiyi: “Kelgusi mavsumdagi rejalarimiz haqida keyinroq batafsil gaplashamiz”

Yoshlar ligasining 32-tur doirasidagi “So'g'diyona” – “Nasaf” uchrashuvi yakuniga etgach, mezbonlar ustozi Zafar Xolmurodovdan mavsum haqidagi fikrlarini so'radik.

- Avvalo shuni takidlamoqchimanki, bu yilgi mavsum biz uchun oson kechmadi. SHunga qaramasdan yigitlar bor kuchlarini berishib, munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi. Albatta “Nasaf” o'rinbosarlar jamoasi oldiga qo'yilgan asosiy vazifa bu – asosiy tarkibimizga o'yinchilar tayyorlab berish hisoblanadi. Agar o'rinbosarlar tarkibidan bir ikki nafar o'yinchimiz asosiy tarkibdan muqim joy egallasa bu biz uchun ijobiy baho sanaladi. Bu borada jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul aka Berdiev bilan doimo ham fikr va hamjihatlik bilan ish olib boramiz. U kishi o'zining yordami va maslahatlarini bizdan ayamaydi. Etibor bersangiz, Ro'ziqul Sadullaevich yoshlarimizning har bir o'yinini diqqat bilan kuzatib boradi. CHunki, “Nasaf”da doimo yoshlarga katta etibor qaratiladi va jamoa tarkibi ham ushbu futbolchilar bilan to'ldirib boriladi.

Bu yil yoshlarimiz tarkibida muntazam to'p tepgan Dilshod Saitov, SHerzod Temirov, Xudoyorxon Sagdullaev, Oybek Bozorov, SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy va boshqalar asosiy tarkibimizda maydonga tusha boshlashdi. Bulardan bazilari esa asosiy tarkibimizdan allaqachon o'z o'rnini egallab bo'lishdi. Biz bu natijalardan juda mamnunmiz. Bu futbolchilarimizdan tashqari ham shunday davogar futbolchilarimiz bor.

Bundan tashqari bizni yana bir jihat quvontiradiki, yuqorida tilga olgan futbolchilarimiz hattoki mamlakatimizning olimpiya terma jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlashdi. Albatta yoshlarimiz bu ishonchni oqlashda davom etishlari va o'z ustilarida ko'proq ishlashlari kerak bo'ladi. CHunki, bunday sharaf har qanday futbolchiga ham nasib qilavermaydi.

Kelgusi rejalar? Kelgusi mavsumdagi rejalarimiz albatta katta, keling bu haqda keyinroq batafsil gaplashamiz, - dedi Zafar Zaripovich.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика