So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  5 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

"Nasaf" Muborakda ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozonish seriyasini davom ettira oladimi? Yangiliklar

"Nasaf" Muborakda ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozonish seriyasini davom ettira oladimi?

Bugun oliy liganing 26-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv o'tkaziladi. SHulardan biri Muborak shahrida "Mashal" va "Nasaf" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.

16:00 - “Mashal” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi)

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), H. SHodmonov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), F. Norsafarov (Qarshi).

Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

PFL vakili: B. Haydarov. 

Demak, bugun Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomli stadionda voha derbisi kuzatiladi. Turnir jadvalining 8-pog'onasida borayotgan "Mashal" ikkinchi o'rin uchun kurashayotgan "Nasaf"ga qarshi bahs olib boradi. 

Ikkinchi davrada hozircha to'rtta g'alabaga erishgan "Mashal" oxirgi turlarni yaxshi o'tkaza olmadi. Jamoa safrada "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib qaytganidan beri keyingi to'rtta uchrashuvda g'olib chiqmadi. "Mashal" o'z maydonida ikki bor durang o'ynagan bo'lsa, safardagi ikkita bellashuvda yutqazib qo'ydi. 

Bilasizmi? "Mashal" o'z maydonida "So'g'diyona" va "Buxoro" bilan durang qayd etdi. Bu jamoa oxirgi marta 20-turda Muborakda zafar quchgan va o'shanda "gazchilar" "Navbahor"dan 2:1 hisobida ustun kelishgan. 

Fakt: "Nasaf"ga qarshi Qarshidagi bellashuvda muborakliklar 0:1 hisobida yutqazib qo'yishgan. O'tgan yil Muborakda kechgan uchrashuvda esa "Mashal" raqibini 1:0 hisobida mag'lub etgan. 

"Nasaf" haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu jamoa ikkinchi o'rin kurashmoqda. CHempionlikka imkoniyat yo'qligi bor gap, chunki buyog'iga "Lokomotiv" peshqadamlikni aslo topshirib qo'ymasa kerak. Lekin "Nasaf" ikkinchi o'rinni oladigan bo'lsa, bu ham qarshiliklar uchun katta yutuq bo'ladi. "Nasaf" oldida bir qator muhim o'yinlar turibdi va shulardan biri bugun o'tkaziladi. 

Bilasizmi? "Nasaf" ikkinchi davrada juda chiroyli o'yin namoyish etmoqda. Buni murabbiy va mutaxassislar ham bot-bot takidlashyapti. "Nasaf" oxirgi ettita o'yinni gol o'tkazmasdan o'z foydasiga hal etdi va buni judayam yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi. 

Fakt: "Nasaf" o'z maydonida "Bunyodkor"ga mag'lub bo'lganidan beri keyingi bahslarning hammasini g'alaba bilan yakunladi. Bundan tashqari, jamoa oxirgi ikkita o'yinida bir xil 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Neftchi" - "Nasaf" 0:3, "Nasaf" - "Dinamo" 3:0. 

Agar bugun "Mashal" g'alaba qozonsa yoki gol urishning uddasidan chiqsa, "Nasaf"ning ketma-ket ettita o'yinlik seriyasiga barham beradi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика