So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

"Nasaf" – "Mohun Bagan" o'yiniga muxlislar kiritiladimi? Yangiliklar

"Nasaf" – "Mohun Bagan" o'yiniga muxlislar kiritiladimi?

22 sentyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda Hindistonning "Mohun Bagan" klubi mehmon bo'ladi.

Nasaf Qarshi

AFC Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

22/09/2021, 21:00

0
:
6
Tugadi

Mohun Bagan SG

45'
90'

Mazkur o'yinga muxlislar kiritiladimi? Bu savol hamon o'z aktualligini yo'qotganicha yo'q. 

Eslatib o'tamiz, 13 sentyabr kuni Championat.asia'ning "Eshitdik-da!" rukni Osiyo Futbol Konfederaciyasi bu o'yinga muxlislarning kiritilishiga qarshi emasligi to'g'risida malumot bergandi. O'sha xabarda barchasi O'zbekiston Futbol Associaciyasining javob xatiga bog'liq ekaniga urg'u berilgan. 

Keyinroq saytimiz manbalaridan biri O'FA muxlislarning stadionga tashrifi masalasida tashabbusni o'z bo'yniga olmagani to'g'risida malumot taqdim qildi. Biroq, bu xabar o'z tasdig'ini topmagani uchun elon qilmagandik. 

Xabaringiz bor, bugun ushbu masalada yangi xabar elon qilindi. Unga ko'ra, Respublika maxsus komissiyasi 2021 yilning 20 sentyabridan (bugun) sport musobaqalarini ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o'tkazishga ruxsat berdi. Yani, futbol uchrashuvlariga karantin qoidalariga qatiy rioya etilgan holda muxlislarning tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. 

SHundan keyin "Nasaf" va "Mohun Bagan" o'rtasidagi o'yinga tomoshabinlar kiritilishi yoki yo'qligi bilan qiziqdik va O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan bog'landik. Ravshan Sayfuddinovichning malum qilishicha, OFKning murojaatiga (13 sentyabr kuni saytimizda elon qilingan) javob xati bugun yuborilgan (mamlakatimizda karantin qoidalari yumshatilganidan keyin). 22 sentyabr kuni "Markaziy" stadionga ishqibozlarning kiritilishi OFKning tasdig'iga bog'liq. Ko'p ehtimol bilan, tashkilot bunga qarshilik ko'rsatmasa kerak.

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика