

"Nasaf" o'z qarorgohida keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" bugundan "Metallurg"ga qarshi kechadigan uchrashuvga jiddiy tayyorlanishmoqda.
Kechagi o'yinda maydonga tushgan futbolchilar bugun tiklanish mashqlarini bajarishayotgan bo'lsa, qolgan futbolchilar to'liq tartibda shug'ullanishmoqda.
Eslatib o'tamiz, vakillarimiz 30 sentyabr kuni Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bahs olib borishadi.



