So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

"Nasaf": Maqsad-sog'lom turmush tarzini targ'ib etish (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

"Nasaf": Maqsad-sog'lom turmush tarzini targ'ib etish (FOTOGALEREYA)

Teglar :  Nasaf
“Nasaf” professional futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan klub ishchi-xodimlari o'rtasida o'tkazilgan mini-futbol musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

 

Ishchi-xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida tashkil etilgan turnirda 10 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib bordi. 

“A” guruhida “Nasaf” jamoasi asosiy tarkibi murabbiylari va klub rahbariyatidan tashkil topgan “Nasaf-Coach”, futbol klubi haydovchilaridan tashkil topgan “Nasaf-Avto”, klub qo'riqlash xizmati xodimlarini jamlagan “Nasaf-oxrana”,  “Markaziy” stadion ishchilari joy olgan “Nasaf-Markaz” hamda klub hisobchilari jam bo'lgan “Nasaf-Bank” jamoalari to'p tepishdi.

“V” guruhidan esa “Nasaf” futbol maktabi jamoasi, jamoa qarorgohi ishchi-xizmatchilar jam bo'lgan “Nasaf-Baza”, klub matbuot xizmati va marketing bo'limi xodimlaridan iborat “Nasaf-Media”, jamoa o'rinbosarlari murabbiylari va o'rinbosarlar jamoasi qarorgohi xodimlaridan tashkil topgan “Nasaf-Sputnik” hamda “Markaziy” stadion texnik xodimlarining “Nasaf-Texnik” jamoalari joy olishdi.


Salkam to'rt oy davom etgan musobaqada ishtirokchilar guruhlarda uy-safar tizimida kuch sinashishdi. Har bir bellashuvni qashqadaryolik iqtidorli va tajribali hakamlar brigadasi boshqarib borishdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, guruhlarda g'olib bo'lgan jamoalar qarama-qarshi guruhdagi ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan yarim finalda kuch sinashdi. SHuningdek, guruhlarda 3-,4-va5-pog'onalarni band etgan jamoalar ham narigi guruhdagi xuddi shu pog'onada turgan jamoa bilan kuch sinashdi. 

Murosasiz davom etgan bahslardan keyin hal qiluvchi final bahsiga kutilganidek “Nasaf-Coach” va “Nasaf” futbol maktabi jamoasi etib kelishdi. “Markaziy” stadionning asosiy futbol maydonida o'tkazilgan final bellashuvining ilk daqiqalaridanoq asosiy tarkib murabbiylaridan tashkil topgan “Nasaf-Coach” jamoasi tashabbusni o'z qo'liga olib, ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. SHuhrat Toshpo'latov va Ilnur Sibagatulin tomonidan kiritlgan gollardan keyin futbol maktabi murabbiylari-Nurali Sultonov, Pavel Kishnyakin, Ozod Berdiev, Baxtiyor Turdiqulov singari murabbiylardan iborat jamoa azolari oradagi farqni yo'qqa chiqarishga astoydil harakat qilishdi. Faqatgina o'yin so'ngida SHerzod Kattaev tomonidan kiritilgan gol hisobni qisqartirishga xizmat qildi -“Nasaf-Coach” – “Nasaf” futbol maktabi 2:1. SHu tariqa Ro'ziqul Berdiev sardorligidagi murabbiylar jamoasi ilk mart tashkil etilgan turnining bosh sovrinini qo'lga kiritishdi.


Musobqada sovrinli uchinchi o'rinni “Nasaf-Sputnik” jamosi egalladi. Ular bronza pog'ona uchun kurashda “Nasaf-Oxrana” jamoasini mag'lub etishdi -3:2.

Musobaqaning tantanli yopilish marosimida “Nasaf” PFK bosh menejeri SHamil Yarulin so'zga chiqib, ushbu musobaqa muvaqqiyatli ishtirok etgan jamoa sardorlariga qimmatbaho esdalik sovg'alarni topshirdi. Turnirda shuningdek, o'z istedodi va iqtidorini namoyish etgan xodimlar turli nominaciyalar bo'yicha taqdirlanishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика