So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  8 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Superliga: "Nasaf" o'z uyida "Lokomotiv" tomonidan mag'lub etildi Yangiliklar

Superliga: "Nasaf" o'z uyida "Lokomotiv" tomonidan mag'lub etildi

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvida "temiryo'lchilar" yagona gol evaziga g'alaba qozonishdi.

Nasaf

Superliga. 10-tur

26/05/2019, 19:00

1
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 20'

45'
90'
54'  Islom Rashidxonov
54'  Xurshidbek Muxtorov (Sardor Abduraimov)
61'  Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov)
75'  Islom Rashidxonov (Bobir Abdixoliqov)
20'  Temurxo’ja Abduxoliqov
20'  Sardor Mirzayev
36'  Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov)
46'  Jamshid Iskanderov (Avazbek O'lmasaliev)
80'  Azizbek Haydarov (Igor Yelich)

Superliga, 10-tur.

"Nasaf" - "Lokomotiv" 0:1

Qarshi, "Markaziy" stadioni.

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov (21, Mirzaev)

Hakamlar: Asker Najafaliev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, SHuxrat Rajabov.

Nazoratchi: Oleg Dachev.

Komissar: Abbos Ahrorov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov - 8.Dilshod Saitov, 5.G'olib G'aybullaev, 92.Umar Eshmurodov, 28.Xurshid Muxtorov (19.Sardor Abduraimov, 54) - 6.Aziz G'aniev, 34.SHarof Muhitdinov - 17.Doniyor Narzullaev (77.Oybek Bozorov, 61), 18.Bobur Davlatov, 27.Islom Rashidxonov (10.Bobir Abdixoliqov, 76) - 9.Humoyun Murtazoev. 

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev. 

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov - 28.SHuhrat Muhammadiev (24.Davron Hoshimov, 34), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 33.Oleg Zoteev - 7.Aziz Haydarov (88.Igor Yelich, 81), 23.Yovan Jokich, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46) - 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 71.Arslonmirat Amanov.

Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 9.Filipp Raevac, 14.Azizbek Amanov, 72.Boburbek Ergashev.



MATNLI TRANSLYACIYA

         YANGILASH



- O'YIN TUGADI! "Lokomotiv" Qarshida "Nasaf"dan muhim 3 ochkoni olib qaytmoqda. 

- Ajoyib vaziyat! Bobir Abdixoliqov! Uning bosh bilan bergan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi, ammo juda xavfli chiqdi...

- Muxlislar hakam manziliga haqoratli so'zlarni ishlatishda davom etishmoqda. Asker Najafaliev bugungi bahsni nazarimda, qo'pol xatolarsiz o'tkazmoqda. Unga ortiqcha savollar bo'lmasa kerak...

- Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Abduvohid Nematovdan ajoyib seyv! Abduxoliqov yaqin masofadan Nematovni dog'da qoldira olmadi! Qoyil Abduvohid!

- Stadionga yig'ilgan muxlislar hakamning jamoalari zarariga chiqargan qarorini etiroz bilan qarshilab, nomaqbul so'zlarni ishlatishmoqda. Yaxshi emas. 

87. "Nasaf" jarima zarbasidan naf chiqara olmadi. Bugun ikkinchi qavatda "Loko" futbolchilari ustunlikni o'rnatishgan. 

86. Hoshimov Bozorovga nisbatan qoida buzdi. Jarima zarbasi. 

85. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida maydonda keskin kurash kechmoqda. 

84. Islom To'xtaxo'jaevning jarima yo'llagan zarbasini Nematov ajoyib seyv ko'rsatib bartaraf etdi!

83. "Lokomotiv" burchak zarbasidan so'ng jarima to'pi ishlab oldi. Bu vaziyatda O'lmasalievga nisbatan qoida buzildi. Xavfli nuqta. 

- "Loko"da o'zgarish: Haydarov o'rniga Yelich maydonga tushdi.

80. "Nasaf"ning mazkur hujumi yana xavfli chiqdi! Bobir Abdixoliqovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

- "Nasaf" tobora hujumga zo'r bermoqda. Ammo "Loko" himoyachilari ularni jarima maydoncha ichida engil nafas olishlariga yo'l qo'yishmayapti.

77. XAVFLI VAZIYAT! Temurxo'ja Abduxoliqov yakkama-yakka vaziyatda to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. 

- "Nasaf"da o'zgarish: Islom Rashidxonov o'rniga Bobir Abdixoliqov maydonga tushdi.

75. "Loko" oxirgi daqiqalar ichida ilk hujumini qanotdan uyushtirayotgandi, ammo hujum besamar tugadi.

73. "Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumi besamar yakunlandi.

71. "Nasaf" hududiy ustunlikni o'rnatib, to'pni to'liq raqib jarima maydonchasi oldida nazorat qilmoqda.

70. SHarof Muhitdinovning jarimadan tepgan zarbasi jonli devorda turgan Amanovga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak zarbasi. Amanovga esa zarbdan keyin tibbiy yordam ko'rsatildi. 

69. Islom Rashidxonovga nisbatan qoida buzildi. "Nasaf" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

66. Oybek Bozorovning tezlik olib hujumni rivojlantirgani natijasida SHarof Muhitdinovda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo Muhitdinovning zarbasi noaniq ketdi.

64. "Nasaf"da xavfli vaziyat! Bobur Davlatov qulay vaziyatdan to'pni darvozaga yo'llashda biroz shoshdi, natijada uning zarbasini Ilyosov ushlab oldi.

61. "Nasaf"da o'zgarish: Doniyor Narzullaev o'rniga Oybek Bozorov tushirildi.

59. Burchak to'pidan so'ng Yovan Jokichning bosh bilan bergan zarbasini Nematov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

57. Xavfli vaziyat! Hozirgina maydonga tushgan Abduraimovning uzatmasidan so'ng G'aniev chamasi 18 metrlar masofadan darvozani "o'qqa" tutgandi. Zarbaga birozgina aniqlik etishmadi. 

- "Nasaf"da o'zgarish: Xurshid Muxtorov o'rniga Sardor Abduraimov maydonga tushdi.

54. Islom Rashidxonov Aziz Haydarovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

52. "Nasaf" burchakdan amalga oshirgan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. Ikkinchi urinishda ham "Loko" futbolchilari bu ishni takrorlashdi.

50. "Lokomotiv"ning qanotdan amalga oshirgan hujumini yakunlash uchun zarbaga chog'langan Mirzaev to'pga ko'ngildagidek tegina olmadi.

47. "Nasaf"ning xavfli hujumi! SHarof Muhitdinovning kuchli zarbasini Ilyosov bartaraf etdi.

- "Loko"da o'zgarish: Iskanderov o'rniga O'lmasaliev maydonga tushdi.

- Ikkinchi taym boshlandi!

- Birinchi taym tugadi! Tanaffus! 

- Birinchi bo'lim so'nggida "Nasaf"dan haqiqiy shturm! Davron Hoshimov to'pni darvoza chizig'i oldidan qaytarib yubormoqda...

- Qarshilik muxlislar olqishi ostida "Nasaf" hujumga zo'r bermoqda. Ammo hozircha "Loko" mudofaasini to'liq kesib o'tishning imkoni bo'lmayapti. 

37. "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi juda xavfli chiqdi. Humoyun Murtazoev darvoza oldidan to'pni to'rga to'g'rilab qo'ya olmadi.

- "Lokomotiv" safida majburiy o'zgarish: Muhammadiev o'rniga Davron Hoshimov maydonga tushdi.

31. SHuhrat Muhammadiev jiddiy jarohat oldi. To'p uchun kurashda oyog'ini juda qaltis qayirib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Tez tibbiy yordam mashinasi Muhammadievni tezkorlik bilan shifoxonaga olib ketdi!

29. "Lokomotiv" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldida o'tishiga qarshilik qilmoqda. "Nasaf" esa goldan so'ng o'yin tizginini qo'lga olishda qiynalmoqda. 

- Malumot o'rnida: Temurxo'ja Abduxoliqovning mazkur goli chempionatdagi ettinchisi bo'ldi va to'purarlar poygasida "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtazoevni quvib etdi.

25. "Nasaf" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng hujumga bo'lgan etiborini yanada oshirishga urinmoqda. 

21. GOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! "Loko"ning markazdan rivoj olgan hujumingi Iskanderov davom ettirdi va to'pni Abduxoliqovga uzatdi, Temurxo'ja esa jarima maydonchasi tashqaridan to'pni aniq darvoza to'riga yo'lladi - 0:1!

19. AJOYIB! Qoyil Ilyosov! "Nasaf"dan javoban xavfli hujum! Ilyosovdan esa Nematovga javob tariqasida ajoyib seyv! Murtazoev-Davlatov-Rashidxonovning ajoyib kombinaciyasi gol bilan yakunlanishiga Javohir Ilyosov yo'l qo'ymadi! Islom Rashidxonovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytarib yubordi!

18. "Nasaf"ning javob hujumi paytida to'p jarima maydonchasida "Loko" himoyachisi qo'liga tegdi. Hakam esa bu vaziyatda qo'l tabiiy holatga turganini va masofa qisqa bo'lganini inobatga olgan holda "nuqta"ni ko'rsatmadi.

17. "Lokomotiv"ning hujumlari keskinlashib, tobora xavfli tus olmoqda. Amanov, Mirzaev va Iskanderovning o'zaro kombinaciyasi xavfli chiqdi. Ammo Amanov to'pga boshi bilan zarba berishga kech qoldi.

15. XAVFLI VAZIYAT! Abduvohid Nematovdan ajoyib seyv! Amanovning qanotdan utazgan to'pini Abduxoliqov yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo'lladi. Ammo "Nasaf" kiperi mahorat ko'rsatdi va zarbani qaytarib qolishga erishdi! Qoyil!

14. Har ikkala jamoa to'pni himoyadan olib chiqib ketishda uni yo'qotmoqda.

11. "Nasaf"ning chap qanot orqali vujudga keltirgan hujumini Ilyosov bartaraf etdi.

10. Har ikkala jamoa futbolchilari faollik bilan to'p uchun kurashga kirishishmoqda. O'yin esa asosan maydon markazi atrofida kechmoqda. 

8. "Lokomotiv" oxirgi daqiqalarda ustunlikni qisman o'z tomoniga og'dirib olishga erishdi. 

6. "Lokomotiv"ning qanotdan uyushtirgan ilk hujumi xavfli tus oldi. Ammo yakuniy zarbani berishga Amanov ulgurmadi. 

5. "Lokomotiv" asosan to'psiz harakatlanmoqda, "Nasaf" esa kichik ustunlik bilan o'yin tizginini o'z qo'lida saqlab turibdi. Hozircha xavfli vaziyatlar kuzatilgani yo'q.

- O'YIN BOSHLANDI! To'pni "Nasaf" futbolchilari o'yinga kiritib berishdi...

- "Nasaf" va "Lokomotiv" Asker Najafaliev boshchiligidagi PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- Jamoalar chigalyozdi mashqlarni yakunlab kiyinish xonasiga kirib ketishdi.

- Bugungi ehtimoliy g'alaba "Nasaf"ni turnir jadvalida 4-pog'onaga ko'tarsa, "Loko"ga esa g'alaba ikkinchi o'rinni mustahkamlab, peshqadam "Paxtakor"ni quvishiga ko'maklashadi.

- Ayni damda har ikkala jamoa futbolchilari maydonda o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni o'tashmoqda. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Superliga doirasidagi 10-turning markaziy bellashuvi "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvidan boshlanayotgan reportajimizga sizni taklif etamiz. Mazkur sahifa orqali o'yindagi "qaynoq" vaziyatlar va holatlar bilan tanishib borasiz. 


Nasaf

Superliga. 10-tur

26/05/2019, 19:00

1
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 20'

45'
90'
54'  Islom Rashidxonov
54'  Xurshidbek Muxtorov (Sardor Abduraimov)
61'  Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov)
75'  Islom Rashidxonov (Bobir Abdixoliqov)
20'  Temurxo’ja Abduxoliqov
20'  Sardor Mirzayev
36'  Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov)
46'  Jamshid Iskanderov (Avazbek O'lmasaliev)
80'  Azizbek Haydarov (Igor Yelich)

Superliga, 10-tur.

"Nasaf" - "Lokomotiv" 0:1

Qarshi, "Markaziy" stadioni.

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov (21, Iskanderov)

Hakamlar: Asker Najafaliev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, SHuxrat Rajabov.

Nazoratchi: Oleg Dachev.

Komissar: Abbos Ahrorov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov - 8.Dilshod Saitov, 5.G'olib G'aybullaev, 92.Umar Eshmurodov, 28.Xurshid Muxtorov (19.Sardor Abduraimov, 54) - 6.Aziz G'aniev, 34.SHarof Muhitdinov - 17.Doniyor Narzullaev (77.Oybek Bozorov, 61), 18.Bobur Davlatov, 27.Islom Rashidxonov (10.Bobir Abdixoliqov, 76) - 9.Humoyun Murtazoev. 

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev. 

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov - 28.SHuhrat Muhammadiev (24.Davron Hoshimov, 34), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 33.Oleg Zoteev - 7.Aziz Haydarov (88.Igor Yelich, 81), 23.Yovan Jokich, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46) - 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 71.Arslonmirat Amanov.

Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 9.Filipp Raevac, 14.Azizbek Amanov, 72.Boburbek Ergashev.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика