So’nggi yangiliklar

08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  9 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  3 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  33 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0

“Nasaf” ketma-ket etti uchrashuvda g'alaba qozondi Yangiliklar

“Nasaf” ketma-ket etti uchrashuvda g'alaba qozondi

Teglar :  Nasaf
“Nasaf” jamoasi milliy chempionatimizning ikkinchi davrasida beshta uchrashuv o'tkazdi.

O'tgan uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozondi. SHuningdek jamoamiz O'zbekiston Kubogi-2016 chorak finali javob uchrashuvida “Andijon” jamoasini 2:1 hisobida, yarim final dastlabki uchrashuvida “Buxoro” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
 
Demak, jamoamiz keyingi etti uchrashuvda ham g'alabasini nishonladi. Ikkinchi davradagi o'tgan besh uchrashuvda futbolchilarimiz raqiblar darvozasini  12 marta ishg'ol qilishdi va o'z darvozalaridan 3ta to'p olib chiqishdi. Albatta, bu orqali jamoamiz darvozabonlarining ham mehnatini takidlab o'tish joiz.
 
Jamoamiz birinchi davra mobaynida tarkib borasidagi muammolar tufayli kutilgan natijalarni qo'lga kirita olmadi. Ikkinchi davra oldidan safimizga qo'shib olingan yangi futbolchilarning barchasi esa o'zlarini nimaga qodir ekanliklarini namoyish etishdi. Demak, jamoamiz selekciya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
 
Etiborlisi, legioner futbolchilarimizdan Igor Golban, Dragan CHeran va Ognen Krasichlar nafaqat mazmunli o'yin namoyish etishdi, balki o'z hisoblariga gollar ham yozdirib qo'yishdi. Safimizga qo'shilgan katta tajribaga ega mahalliy  futbolchilarimiz - Fozil Musaev va SHahboz Erkinovlar ham ikkinchi davrada qo'lga kiritilgan yutuqlarimizga munosib hissalarini qo'shishmoqda. Ular ham raqiblarimiz darvozasini bir necha marta ishg'ol qilishib, jamoamiz muxlislarini xursand qilishdi.
 
Jamoamizning barcha azolari bir yoqadan bosh chiqarishib, faqat ijobiy natijalarni qo'lga kiritish maqsadida maydonga tushishmoqda. Bunga misol tariqasida birgina “Paxtakor” jamoasi qarshi uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alabani aytib o'tish joiz. Jamoamiz bu g'alaba bilan  qora ananaga barham berishga erishdi.
 
Amaldagi O'zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi - “Nasaf” jamoasi bu yilgi kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirmoqda. Bu tufayli jamoa final yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi.
 
Kelajagi porloq futbolchilarimizdan Umidjon Ergashev, Bobir Abduxoliqov, SHarof Muhitdinov va Aziz G'anievlar mamlakatimizning 19 yoshlilar terma jamoasi safiga muntazam jalb etilayaptilar. SHu tufayli ular ayrim uchrashuvlarda jamoamizga yordam bera olishmayapti. Sog'liklarini tiklab yana maydonga qaytgan tajribali futbolchilarimizdan Maqsud Karimov va Odilbek Hamrobekovlar esa endi yana o'zlarining mazmunli o'yinlari bilan muxlislarimizni bahramand etadilar.
 
Xullas, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamiz, o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarish uchun hamjihatlik bilan  ish olib borishmoqda. Bu bilan “Nasaf” jamoasi katta muvaffaqiyatlar sari odimlamoqda.
 
Quyida jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlar natijalari bilan tanishing.
 
16-tur. 03.08.2016.
“SHo'rtan” – “Nasaf” 0:3
Gol
: Bobir Abduxoliqov (25), Dragan CHeran (70), Ognen Krasich (87).
 
17-tur. 08.08.2016.
“Nasaf” – “Olmaliq” 2:1
Gol: 
Azamat Allaniyozov (31), Islom Rashidxonov (58)
 
18-tur. 12.08.2016.
“Obod” – “Nasaf” 0:3
Gol:
Farruh Sayfiev (12), Fozil Musaev  (52), Dragan CHeran (66).
 
19-tur. 19.08.2016
“Nasaf” – “Paxtakor” 2:1
Gol:
Igor Golban (47), Dragan CHeran (76)
 
20-tur. 26.08.2016.
“Qo'qon-1912” – “Nasaf” 1:2
Gol:
SHahboz Erkinov (44, 56)
 
O'zbekiston Kubogi-2016. CHorak finali javob uchrashuvi. 29.07.2016.
“Nasaf” – “Andijon” 2:1
Gol:
Islom Rashidxonov (61), Igor Golban (81).
 
O'zbekiston Kubogi-2016. Yarim finali dastlabki uchrashuvi. 22.08.2016.
“Nasaf” – “Buxoro” 2:0
Gol:
Fozil Musaev (16), Igor Golban (29).
 
Ikkinchi davradagi o'tgan besh uchrashuvda gol urgan futbolchilarimiz:
 
Dragan CHeran – 3
SHahboz Erkinov – 2
Azamat Allaniyozov – 1
Bobir Abduxoliqov – 1
Igor Golban -1
Islom Rashidxonov – 1
Ognen Krasich – 1
Fozil Musaev – 1
Farruh Sayfiev -1
 
Kubok bahslarida
 
Igor Goban – 2
Fozil Musaev – 1
Islom Rashidxonov – 1.
 
Jamoamiz navbatdagi 21-tur uchrashuvini o'z maydonida Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
 
“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика