"Nasaf": Kenja To'raev safga qaytdi
19 iyu 2015 13:22
Yangiliklar

"Nasaf": Kenja To'raev safga qaytdi
Kecha yoshlar ligasining 13-turi doirasida “Nasaf” o'rinbosarlari o'z maydonlarida “Dinamo” futbolchilari bilan kuch sinashishda va ushbu bellashuvning 65-daqiqasidan Kenja To'raev maydonda harakat qila boshladi.
Quvonarli tomoni, aynan uning say-harakatlari evaziga yosh futbolchilarimiz g'alaba golini kiritishdi. Futbol muxlislarining xabari bor, Kenja o'tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasida jamoamizning safarda “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsda jarohat olib safdan chiqqan edi.
-O'shanda jarohatim bu qadar jiddiyligini bilmagandim, -deydi Kenja To'raev. – CHap oyog'im tizzasidan olgan jarohatimni mavsum tugagach, yanvar oyida Moskvaga borib jarrohlik stoliga yotdim. Xudoga shukr, hozir jarohatdan to'liq forig' bo'ldim. Bugun yangi mavsumda ilk marta yashil maydonda uchrashuvga tushdim. Nasib etsa endi jamoamizga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman.

Fikrlar