So’nggi yangiliklar

16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  2 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5

“Nasaf” jamoasi tarkibi yangilanish arafasida Yangiliklar

“Nasaf” jamoasi tarkibi yangilanish arafasida

Teglar :  Nasaf
O'zbekiston chempionatida o'zining o'rniga ega bo'lgan va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan “Nasaf” futbol klubining davralar oralig'ida tarkibi borasida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

“Nasaf” futbol klubi tarkibni shakllantirish bo'yicha o'zining uzoqni ko'zlagan rejasiga ega. Bu rejaning asosiy maqsadi – yosh futbolchilarga ko'proq etibor berishdir. Qashqadaryo Viloyat Futbol Federaciyasi Prezidenti hamda klubimiz Prezidenti tomonidan ham bu reja qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu maqsadlarni amalga oshirish bundan buyon ham davom ettiriladi. SHundan kelib chiqib, ikkinchi davrada ham tarkibimizni tark etgan o'yinchilar o'rniga mana shunday yosh tarbiyalanuvchilarimiz hisobidan to'ldiriladi. Albatta, bu “Nasaf” tarkibida faqat yosh futbolchilar o'ynaydi degan, fikrni paydo  qilmasligi kerak. Jamoamizda ular qatorida tajribali futbolchilar ham bo'ladi.
 
Klub qoshida futbol maktabi faoliyat yuritmoqda va bunda ko'plab yosh iqtidorli futbolchilar voyaga etishmoqda. Bunga misol tariqasida maktabimiz tarbiyalanuvchilaridan keyingi yillarda mamlakatimizning yoshlar  terma jamoasiga taklif olayotganini aytib o'tish joiz. Bundan tashqari ulardan ko'plari ayni paytda asosiy tarkibimizda faoliyat olib borib, muxlislarning olqishiga ham sazovor bo'lishmoqda.
 
“Nasaf” jamoasining keyingi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizligi sabablaridan biri – jamoamizning bir qancha etakchi futbolchilarining uchrashuvlar payti olgan jarohatlari bo'ldi. Bunday futbolchilarga Maqsud Karimov, SHerzod Azamov, Dilshod Rahmatullaev, SHuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatovlarni misol keltirish mumkin.
 
Jamoamiz shifokorlari shu kunlarda ularning safga qaytishi uchun katta ishlarni amalga oshirishmoqda.
 
SHunday ekan, klubimiz ishqibozlari bizni to'g'ri tushunishadi degan, umiddamiz. “Nasaf” futbol klubi o'z oldiga qo'ygan yuqori maqsadlar uchun kurashni davom ettiraveradi. 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика