"Nasaf": Islom Rashidxonovni tabriklaymiz!
22 okt 2016 11:47
Yangiliklar
"Nasaf": Islom Rashidxonovni tabriklaymiz!
“Nasaf” futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Islom Rashidxonov o'z faoliyatini jamoamiz safida davom ettirmoqda. Bu futbolchidan bizning umidimiz juda katta. U jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Uning mazmunli o'yinlaridan muxlislarimiz ham bahramand bo'lishmoqda.
Islom Rashidxonov bugun o'zining 19 yoshini nishonlamoqda.
Klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilari va barcha xodimlarimiz nomidan Islom Rashidxonovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz!
Islomga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Umid qilamizki, u jamoamizning oldiga qo'yilgan yuksak marralarni egallashda o'zining munosib hissasini qo'shadi.
Islomjon tug'ilgan kuninggiz muborak bo'lsin!
“Nasaf” PFK jamoasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar