So’nggi yangiliklar

17:10Ўзбекистон - Испания. Асосий таркибимиз маълум  21 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  9 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  19 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  15 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5

"Nasaf" ikkita penaltidan mahrum qilindimi? Superliganing 24-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Nasaf" ikkita penaltidan mahrum qilindimi? Superliganing 24-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili

Mutaxassisimiz eng bahsli fikrlarni yana bir bor tahlil qildi.

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!") Superliganing 24-turi o'yinlaridagi eng bahsli epizodlarni tahlil qildi.


"Qizilqum" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

To'p uchun kurashda qo'llardan noto'g'ri foydalangani uchun sariq kartochkaga tortadigan holat. Qizil kartochka haqida gapirish nojoiz, chunki haddan ortiqcha harakat sodir etilmagan. Ushbu epizodni gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum bo'lish deya aytish ham shubhali, chunki to'p hujumchining to'liq nazorati ostida emasdi, ikki o'yinchi o'rtasida kurash kechayotgandi, qolaversa, himoyachining sherigi ham bor edi, u aynan to'p yo'nalishida joylashganddi va yana bitta kurashda qatnashishi mumkin edi. To'g'ri qaror - jarima zarbasi va qo'pollik uchun sariq kartochka.


"Qizilqum" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

Keling, epizodni qismlarga ajratamiz. Birinchidan, zarba vaqtida darvozabonning yonida turgan futbolchida ofsayd yo'q edi, shuningdek, zarbadan so'ng to'p qizil libosdagi o'yinchi tanasining bir qismiga tegib ketgan paytda ham ofsayd sodir bo'lmagandi. Ikkinchidan, bunday rakursdan 100% baho berish ancha mushkul, zarbadan keyin to'p "Qizilqum" futbolchisining qaysi qismiga tekkkanini bunday rakursdan aniqlash mushkul. Menimcha, katta ehtimol bilan (to'p harakatining traektoriyasiga qaralsa) to'p "Qizilqum" futbolchisining qo'liga tegdi. SHundan so'ng darhol gol urilgan bo'lsa, bu aniq qoidabuzarlik sanaladi va bu holatda golni bekor qilish kerak.


"Neftchi" - AGMK (VIDEO)

Bu vaziyatda darvozabon bir necha soniya ichida hujumchidan o'zib ketib, qo'llari bilan to'pga tashlandi, binobarin to'p bu holatda uning nazoratida edi. Hujumchi ham to'pga o'ynashga intildi, ammo ulgurmadi. Hech qanday g'arazli niyat, sportga xos bo'lmagan aniq xatti-harakatlar, ortiqcha zarba va tajovuzkor xatti-harakatlar yo'q, aksincha, to'p uchun ikki o'yinchi o'rtasida kurash kechdi. Bu normal holat, shu bois darvozabon foydasiga jarima zarbasi belgilanishi lozim.


"Olimpik" - "Metallurg" (VIDEO)

Bu o'ta oddiy vaziyat sanaladi, chunki hakam qaror qabul qilish uchun qulay poziciyada joylashgandi. "Olimpik" futbolchisi o'z harakatini va to'p yo'nalishini o'zgartirgach, ko'k libosdagi o'yinchi ortga burilishga ulgurmaydi va oyog'ini yon tomonga (to'siq singari) tashlab, oq libosdagi raqibining o'ng oyog'idan chaladi. Bu vaziyatda to'g'ri qaror kartochka ko'rsatmagan holda 11 metrli jarima zarbasini belgilash hisoblanadi. 27-raqamli ko'k libosdagi o'yinchiga esa sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochka ko'rsatish kerak, u penalti belgilanganidan so'ng darhol noroziligini bildirdi.


"Olimpik" - "Metallurg" (VIDEO)

Agar qoidabuzarlikning o'zini ko'rib chiqadigan bo'lsak, golli imkoniyatdan mahrum qilgani uchun "Olimpik" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Qolgan barcha o'yinchilar to'p uchun kurashayotgan ikkala o'yinchidan ortda qolib ketgandi. Ammo qiziqarli boshqa holat bor: oldinga uzatma berilayotganda ichkaridan ortga qaytgan ko'k libosdagi o'yinchi (yiqitilgan futbolchining sherigi) to'pni qabul qilmaydi, lekin yaqin nuqtadagi raqibi tomon harakatlanadi. SHu bois, agar to'p shunchaki ko'k libosdagi o'yinchining yonidan o'tib ketgan bo'lsa, bu ofsayd emas. Ammo futbolchi oyog'ini ko'tarsa yoki shunga o'xshash harakat qilsa, u o'yindan tashqarida holatda hisoblanadi. Ehtimol, ofsayd qayd etish arzirli bo'lishi mumkin.


"Nasaf" - "Dinamo" (VIDEO)

Oq libosdagi o'yinchi oyog'ini ko'tardi, birinchi bo'lib to'pni o'ynashga ulgurmadi, lekin ikkinchi takroriy vaziyatdan so'ng uning oyog'i raqib oyog'iga shikast etkazmaganini ko'rish mumkin. Katta ehtimol bilan, bu juda oddiy teginish edi, "Nasaf" futbolchisi esa buni bo'rttirib yubordi. Bu erda o'yinni davom ettirish va penalti belgilamaslik kerak edi.


"Nasaf" - "Dinamo" (VIDEO)

Bu epizodda 11 metrlik jarima zarbasi belgilanishi kerak edi: futbolchi to'pga o'ynamadi va raqibning oyog'idan chaldi.


"Nasaf" - "Dinamo" (VIDEO)

Bu erda to'p o'ynashga urinmay, istiqbolli hujumni buzgani uchun penalti belgilash va "Dinamo" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. Oq libosdagi o'yinchi to'p tomon emas, balki raqib tomon harakat qilib, uni yiqitdi va darvozasi tomon harakatlanishiga to'sqinlik qildi.


"Lokomotiv" - "Navbahor" (VIDEO)

Oq libosdagi o'yinchi xavfli tarzda oyoq tashladi, so'ngra oyog'ini biroz ko'tarib, raqib futbolchisining boldir suyagidan yuqoriroq qismiga shikast etkazdi. "Navbahor" o'yinchisi oyoqni bukmagan holda harakatlanib, raqib oyog'iga zarba holatini yumshata olmadi. Bu vaziyatda jiddiy qoidabuzarlik sodir etilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilishi lozim edi.


"Bunyodkor" – "Surxon" (VIDEO)

Darvozabon to'g'ri poziciyani egallash va to'pga o'ynashga ulgurmadi. Unga ko'proq o'z jamoadoshlari xalal berdi, "Surxon" futbolchilari ham kurash olib borishi bilanoq, to'p darvoza tomon yo'l oldi. Gol to'g'ri kiritildi, raqib futbolchisiga darvozabonga qarshi keskin o'ynamadi.


"Bunyodkor" – "Surxon" (VIDEO)

Ushbu epizodda o'yin davom etishi kerak. Ikki o'yinchi bir-biriga parallel ravishda harakatlanib, to'p uchun o'ynashga harakat qilmoqda va unga intilmoqda. Sariq libosgi o'yinchi raqibni qoidalarga muvofiq elkama-elka kurashda to'pdan uzoqlashtirdi, to'qnashuvdan so'ng raqib muvozanatni yo'qotadi. “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvidagi epizoddan farqi shundaki, ikki futbolchining parallel harakati bor, ikkala futbolchi ham yaqin masofada joylashgan. Bu erda to'p uchun kurash bo'lgan.


"Bunyodkor" – "Surxon" (VIDEO)

O'yin davom ettirilishi kerak. Sariq libsodagi o'yinchi to'pni oldinga tashlagan paytda raqib uni to'g'ri holatda to'pdan uzoqlashtiradi. "Surxon" o'yinchisi beixtiyor muvozanatni yo'qotdi, oyog'i ham beixtiyor bir oz yon tomonga tushadi. Bu tabiiy harakat. Ko'k libsodagi o'yinchi esa to'p tomon harakatlanayotganda raqib oyog'iga qoqiladi va "Surxon" futbolchisining oyog'i beixtiyor harakat tufayli "Bunyodkor" azosining oyoqlari orasida qoladi.


"Bunyodkor" – "Surxon" (VIDEO)

Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat yo'q: uzatma vaqtida "Bunyodkor" futbolchisi raqib bilan bir xil chiziqda, hatto, katta ehtimol bilan, biroz ortda turgandi. Yordamchi hakam qulay nuqtada turgandi. Gol to'g'ri kiritildi.


"Bunyodkor" – "Surxon" (VIDEO)

Goldan keyingi qizil kartochka, katta ehtimol bilan, raqib muxlislariga nisbatan haqoratli, ko'ngilni xira qiladigan va taqiqlangan harakatlar uchun ko'rsatilgan. Biroq bu vaziyat to'g'risida stadionning o'zida bo'lmasdan turib, aniq bir narsa deyish qiyin. SHunga qaramay, agar o'yinchi shunchaki to'rga chiqsa, bu xavfsizlik muammolariga olib keladi, yani sariq kartochkaga arziydi. Agar u provokacion, masxara qiluvchi yoki ig'voli harakatlar amalga oshirsa, bu ham sariq kartochka bilan jazolanishi lozim. Bularning bazilarini futbolchi aniq bajardi. Qolaversa, u gol urganidan keyin futbolkasini echgani uchun ham sariq kartochka olishi kerak. Ehtimol, u ikkita epizodning birlashmasi uchun qizil olgan.


SHu tariqa, hakamlar 14 ta bahsli vaziyatda 4 ta yaqqol xatoga yo'l qo'yishdi. Qolaversa, ularning uchtasi “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvida sodir bo'lgan va barchasi penalti belgilanishi bilan bog'liq holatlar hisoblanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика