“Nasaf” FM tayyorlov guruhi musobaqani yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi
22 sen 2015 00:58
Yangiliklar


“Nasaf” FM tayyorlov guruhi musobaqani yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi
Xabaringiz bor, Toshkentda xotira turnirida ishtirok etayotgan “Nasaf” futbol maktabining 2003 yilda tug'ilgan tayyorlov guruhi jamoasi bugun uchrashuvni o'tkazishdi.
“CHirchiq” (CHirchiq shahri) – “Nasaf-2003” (Qarshi) jamoalari o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy bo'ldi. O'yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislar yosh “nasaf”chilar tomonidan kiritilgan biri-biridan chiroyli tarzda kiritilgan gollar shousiga guvoh bo'lishdi.
Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev shogirdlari CHirchiqlik tengdoshlarini ayab o'tirishmadi, raqiblari davrvozasiga naqd javobsiz sakkizta to'p kiritishdi.
O'yin 8-0 hisobida yakun topdi.
Ertaga yosh futbolchilarimiz navbatdagi bahsni o'tkazishadi, ikkinchi uchrashuvda ularning raqibi Toshkentning “Bunyodkor –B” jamoasi bo'ladi.
Ushbu uchrashuvda ham yosh “nasaf”chilarga zafarlar tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar