“Nasaf” FK delegaciyasi Tabrizga etib keldi
19 apr 2015 15:48
Yangiliklar


“Nasaf” FK delegaciyasi Tabrizga etib keldi
Avval xabar qilganimizdek, kecha kechki payt Toshkent xalqaro aeroportidan yo'lga chiqqan “Nasaf” PFK delegaciyasi bugun erta tongda belgilangan manzil - Eron shimolida joylashgan Tabriz shahriga etib kelishdi.
Toshkent-Istambul-Tabriz yo'nalishida 7 soatlik parvozdan keyin futbolchilarimiz Tabriz markazidagi “Gosrarwsh” mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun kechki payt futbolchilarimiz ushbu shahardi dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishadi. Ertaga reglamentga muvofiq har ikkala jamoa menejerlari ishtirokida miting va jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Bu haqda keyinroq xabar beramiz.

Fikrlar