"Nasaf": Finalga tayyorgarlik davom etmoqda
15 okt 2015 01:42
Yangiliklar
"Nasaf": Finalga tayyorgarlik davom etmoqda
"Nasaf" Qarshi shahridagi o'z qarorgohida O'zbekiston kubogi final bellashuviga taraddud ko'rmoqda.
Bugun jamoamiz kechki soat 17:00da klub qarorgohidagi maydonda o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ko'tarinki ruhda ishlashmoqda. Futbolchilarimiz jamoa tarixida yangi sahifa ochish uchun jiddiy mehnat qilishmoqda. "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan esa kecha soat 20:00da terma jamoa lageridan klub ixtiyoriga qaytib keldi. Bugundan boshlab Gevorkyan ham umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, 17 oktyabr kuni "Nasaf" O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar