"Nasaf" etakchilaridan biri jamoadan ketdi
03 mar 2021 13:48
Yangiliklar


"Nasaf" etakchilaridan biri jamoadan ketdi
Yangi mavsum oldidan Qarshining "Nasaf" klubini bir qator etakchi o'yinchilar tark etmoqda.
Avvalroq, Islom Kenjaboev hamda Bobir Abdixoliqov klubdan ketgan va legionerga aylangandi.
"Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, "Ajdarlar" etakchilaridan biri Dilshod Rahmatullaev jamoani tark etdi va erkin agentga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Rahmatullaev 2016-2018 yillarda "Nasaf"da o'ynagan. SHundan so'ng "Paxtakor", "Andijon" safida to'p tepib, 2020 yilning boshida yana Qarshiga qaytgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar