“Nasaf” ertaga Dohaga yo'l oladi
06 fev 2014 00:26
Yangiliklar

“Nasaf” ertaga Dohaga yo'l oladi
Avval habar qilganimizdek, 30 yanvar kuni Toshkentdan Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l olgan jamoamiz azolari
bir hafta mobaynida ushbu mamlakatda yilning ilk rasmiy uchrashuvi – Osiyo chempionlar ligasi pley offidagi raqibimiz “Al Jayish” jamoasiga qarshi bahsga jiddiy hozirlik ko'rishdi.
Dubaydagi yig'in davomida futbolchilarimiz bitta nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi. Rossiya premer ligasi vakili “Ural”ga qarshi kechgan o'yinda Hamza Karimov tomonidan kiritilgan yagona gol “ajdarlar”ga g'alaba keltirdi.
Dubaydagi “Jebel Ali” mehmonxonasida istiqomat qilgan jamoamiz azolari bugun bir mahal mashg'ulotni o'tkazishdi. Eng asosiysi yigitlarning kayfiyati alo. Ertaga 6 fevralkuni jamoamiz delegaciyasi Toshkent vaqti bilan 12:20 da Dubaydan Qatar poytaxti Doha shahriga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, “Al Jaish” va “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi OCHLning bir o'yindan iborat pley off o'yini 8 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Dohadagi Abdulla bin Nosir bin Xalifa stadionida bo'lib o'tadi. 10
Aziz NURIY,
Dubay, BAA.

Fikrlar