“Nasaf” Eronga jo'nab ketdi, tarkib noma'lum

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 10:10
Qarshining “Nasaf” klubi 13 fevral seshanba kuni Eron poytaxti Tehron shahrida, OCHL-2018 1-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Jamoa a'zolari 11 fevral kuni erta tongda Toshkent-Istanbul-Tehron havo yo'nalishi orqali Eronga jo'nab ketdi. Klub delegaciyasi 34 kishidan iborat, Eronga 20 nafar futbolchi boradi.  

“Persepolis” - “Nasaf” uchrashuvi 13 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz