“Nasaf” Dubayda mashg'ulot o'tkazdi
17 mar 2015 01:32
Yangiliklar
“Nasaf” Dubayda mashg'ulot o'tkazdi
Xabar qilganimizdek, kecha Toshkentdan Dubayga etib kelgan “Nasaf” futbolchilari shu kuni kechki payt Dubaydagi “Al Rashid Stadium” mashg'ulotlar maydonida ilk mashg'ulotni o'tkazishdi.
SHu kuni jamoa bilan Birlashgan Arab Amirliklariga kelgan barcha 20 nafar futbolchi mashg'ulotlarda astoydil harakat qilishdi. Garchi mashg'ulotlar paytida havo bulutli bo'lib, biroz yomg'ir tomchilagan bo'lsada, bu yigitlarimizning kayfiyatiga tasir o'tkazmadi.
17 mart, seshanba kuni “Al Rashid” stadionida bir qator o'yin oldi rasmiy tadbirlar o'tkaziladi. Jumladan, mahalliy vaqt bilan soat 15:45 (Toshkent vaqti bilan 16:45) da stadion matbuot anjumanlari zalida “Al-Ahli” va “Nasaf” jamoasi bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. SHuningdek, soat 16:30 da jamoa menejerlar mitingi ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Aziz NURIY,
Dubay, BAA.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar