So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

"Nasaf" darvozasiga haqli penalti belgilanganmidi? Superliganing 21-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Nasaf" darvozasiga haqli penalti belgilanganmidi? Superliganing 21-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili

Hakamlarning bahsli qarorlariga rossiyalik ekspertimiz baho berdi.

Hakamlar bo'yicha ekspertimiz, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 21-tur uchrashuvlaridagi bahsli qarorlarni tahlil qildi.

"Metallurg" – "Bunyodkor" (VIDEO)

Ushbu uzatmadan so'ng himoyachi atayin qo'lini to'p yo'liga chiqirib, tana maydonini notabiiy ravishda oshirganga o'xshaydi. SHu bois hakamning penalti belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman.



AGMK – "Qizilqum" (VIDEO)

Raqibning boldir qismiga oyoq tashlandi. To'pga ulgurmagan oq libosdagi o'yinchi raqibga nisbatan ehtiyotsizlik qildi. Bu qo'pol o'yin sifatida baholanadi va hakam sariq kartochkani haqqoniy ravishda ko'rsatdi, bu ogohlantirish futbolchi uchun ikkinchisi edi.



"Olimpik" – "Neftchi" (VIDEO)

Penalti to'g'ri belgilandi. To'p boshqa o'yinchining boshi orqali qisqa masofadan qo'lga tekkaniga qaramay, qo'l notabiiy holatda bo'lishi evaziga tana maydonini oshirdi — bu bahslashish qiyin bo'lgan penalti.


"Olimpik" – "Neftchi" (VIDEO)

Ommaviy futbolda bunday vaziyatda o'yin davom ettirilishi lozim. Ikki o'yinchi qo'llarini ishlatib kurashdi: himoyachi ham, hujumchi ham bir-birini ushlashga urindi, qandaydir lahzada ikkalasi ham muvozanatni yo'qotdi. Bu penalti uchun asos bo'ladigan holat emas, balki o'zaro kurash natijasidir. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlayman.


"Olimpik" – "Neftchi" (VIDEO)

To'pga egalik qilish uchun qo'llar o'zaro kurash olib bordi — o'yin davom ettirilishi lozim. Ushbu takroriy vaziyatda yuzga atayin tirsak urilganini ko'rmayapman. Agarda yordamchi hakam qarshisida kamera bo'lganida, yuzga zarba berilgan-berilmaganini ko'rib chiqish mumkin edi, lekin yon tomondan, asosiy kameradan zarba ko'rinmaydi. SHu bois hakamlar qarorini qo'llab-quvvatlayman.


"Surxon" – "Paxtakor" (VIDEO)

Oq libosdagi o'yinchi to'pga o'ynashga ulgurmadi va o'z jarima maydonchasida ehtiyotsizlik bilan qoidabuzarlik ishlatdi. Penaltidan so'ng yaxshi takroriy kadr ko'rsatildi. To'g'ri qaror qabul qilindi.



"Surxon" – "Paxtakor" (VIDEO)

Zarbadan so'ng to'p qaerga tekkani aniq ko'rinmagan. Agarda to'p qo'lga tekkan bo'lsa ham, o'yinni davom ettirish kerak, chunki u tana maydonini oshirmadi. Himoyachining chap qo'li pastda - o'yinni davom ettirish lozim.


"Nasaf" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Mening fikrimcha, VAR aralashuvi talab qilinmaydigan bahsli vaziyat. Hujumchi darvoza tomon zarba berdi va oldinga chiqqan darvozabon hujumchining yo'lida uning harakatini to'xtatdi, keyin esa o'yinchilar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

Ishonchim komilki, yirik turnirlardagi aksariyat hollarda VAR hakamlar qarorini o'zgarishsiz qoldiradi. Men uchun bu holatni hakam o'z ixtiyoriga binoan baholashi kerak.


"Nasaf" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Oq libosdagi futbolchining hakamga aynan nima deganini bilish kerak. Birinchi sariq kartochka ko'rsatilishi unchalik tushunarli emas. Ehtimol, u sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun ko'rsatilgan, yani hakamning qaroriga rozi bo'lmagandir. Biroq keyingi harakatlar, jumladan, sumkani tepish, albatta, ogohlantirish bilan jazolanadi va bu holatda o'yinchi chetlatilib, to'g'ri qaror qabul qilingan.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика